Kunersdorf jangi
Kunersdorf jangi - Yetti yillik urush (1756—63) davridagi yirik janglardan biri (1759 yil 1 avgust). Frankfurt-Oder yaqinidagi Kunersdorf qishlogʻi yaqinida general P.S.Saltikov qoʻmondonligi (ruslardan 41 ming kishi, avstriyaliklardan 18,5 ming kishi qatnashgan, 248 toʻp) ostidagi Rossiya-Avstriya qoʻshinlari Fridrix II boshchiligidagi prus armiyasi (48 ming kishi, 200 toʻp)ni magʻlubiyatga uchratishgan. Prussiya 19 ming kishi va 172 toʻp, ittifoqchilar esa, 15 ming kishini yoʻqotgan. Prussiya haloqat yoqasiga kelib qolgan, biroq Rossiyaning kuchayib ketishini istamagan Avstriya faollik koʻrsatmagan, vatijada Fridrix II yangidan kuch toʻplab urushni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |