Kunjut qoʻngʻizi (Asmaeodra ballioni Gangl.) — qattiqqanotlilar turkumining oltinqoʻngʻizlar oilasiga mansub zararkuvanda hasharot. Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda uchraydi. Lalmikor xududlarda kunjut, kungaboqar va boshqa soyabongulli begona oʻtlar poyasi oʻzagi bilan ovqatlanadi. Asosan, kunjut poyasi va koʻsaqlariga zarar yetkazadi (hosilining 20% va undan ortigʻini zararlashi mumkin). Zararlangan koʻsaqlar muddatidan ilgari ochilib, urugʻi toʻkilib ketadi, oʻsimlik quriydi. Qoʻngʻizi 4,5—5,5 mm, yaltiroq tanasi doʻmboq shaklda. Qanotining ustida nuqtalardan qosil boʻlgan chiziqlari, juft chiziqlari oraligʻida bir qator oq tukchalari bor. Lichinkaning gʻumbakka aylanish oldidi oʻz. 7 mm, sargʻish yoki oqish. Tanasining oldingi boʻgʻimlari keyingilariga nisbatan keng. Boshi koʻkrak qismining birinchi boʻgʻimigacha choʻzilib kelgan. Lichinkasi oyoqsiz, tanasida tuklari bor. Kunjut qoʻngʻizi lichinkalik davrida kunjut, kungaboqar yoki begona oʻtlarning poyasi ichida qishlab chiqadi. Alr. oyining 2-yarmida ovqatlanib, turgan joyida gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaqlik davri 30 kun. Gʻumbakdan qoʻngʻizlar may oyi oxirida uchib chiqadi. Qoʻngʻiz tuxumini kunjut yoki kungaboqar poyasining ichiga yoki novdalariga qoʻyadi. Yiliga bir marta avlod qoldiradi.

Kurash choralari: Kunjut qoʻngʻizigachidamli navlarni ekish, ekinning optimal qalinligini taʼminlash. Yezda va qishda yerni begona oʻtlardan toza tutish, kunjut, kungaboqar poyalarini yoʻqotish, yerni chuqur haydash.

Sulton Alimuhamedov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil