Kurkuvaqlar (Meropidae) - koʻkqargʻalar turkumiga mansub qushlarning bir oilasi. 25 turi maʼlum. Yevropaning janubi, Shimoliy Afrika va Osiyoda tarqalgan. 2 turi: koʻkqunok va koʻk-kurkuvak yoki boʻzdoq Oʻrta Osiyoda uchraydi. K. chiroyli: patlari yashil, sariq, havo rang; bir turining pati qizil boʻlganidan qizil kurkuvak deyiladi. Oʻzbekistondagi K. qishlash uchun Janubiy Afrikaga uchib ketadi. K. daraxtsiz ochiq yerdarda, jarliklarda, daryo boʻylarida yashaydi. Urchish vaqtida katta gala boʻlib, baland tik jar va tepaliklar yen bagʻrini tumshugʻi bilan kovlab, uya yasaydi. May—iyunda 4 — 10 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chigirtkalar, qoʻngʻizlar va boshqa bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil