Kurshunlu sharsharasi - Turkiya davlatining Antalya viloyatida joylashgan sharshara. Antaliyaning markaziy tumani chegaralari ichida joylashgan Kurshunlu sharsharasiga Antaliya Isparta yoʻlining 24-kilometridan 7 kilometrlik sayohat bilan borish mumkin.  2 km uzunlikdagi kanyonda joylashgan Kurshunlu sharsharasi 1986-yilda bogʻga aylantirilib tashrif buyuruvchilarga ochildi.

Sharshara haqida

tahrir

Antaliyaning tabiiy goʻzalligining bir boʻlagi boʻlgan Kurshunlu sharsharasi koʻrishni tavsiya qiladigan joylardan biridir.  Boy oʻsimliklar ichida oqayotgan suvlari, shovqini bilan tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalp etadi. Kurshunlu sharsharasi 1991- yilda tabiat bogʻi deb eʼlon qilingan.  Odatda Kurshunlu sharsharasi atrofida qizil qaragʻay daraxtlarini koʻrish mumkin.  Qolaversa, u yerda chinor, dafna, yovvoyi zaytun, tol, anjir daraxtlarini uchratish mumkin . 

Hususiyatlari

tahrir

Kurshunlu sharsharasiga 18 metr balandlikdan suv quyiladi va 7 ta kichik suv havzasi kichik sharsharalar bilan bir-biriga bogʻlangan. Kurshunlu sharsharasi 2 kilometrlik kanyon ichida joylashgan. Bu hudud 1986-yilda istirohat bogʻiga aylantirilib, tashrif buyuruvchilar uchun ochilgan. Sharshara va sayr qilish maydoni 33 gektar maydonni egallaydi. Piknik maydonida: manzarali teraslar, bolalar maydonchasi, restoran, avtoturargoh, yurish yoʻlaklari, ichimlik suvi, hojatxona mavjud.


 
Kurshunlu sharsharasi
 
Kurshunlu sharsharasi hovuzi

Kurshunlu sharshara atrofida, doʻlana, qoraqaragʻay, yovvoyi atirgul, eyforiya, archa, eman, timyan, yovvoyi yalpiz, paporotnik kabi oʻsimlilar va uzumzorlar tashkil qiladi. Suv oʻsimliklaridan (suv ustidagi) shingil, suv yalpizi, qamish (suv ichidagi), tolasimon yashil suvoʻtlar, (suzuvchi oʻsimlik) nilufar gullarini koʻrish mumkin.

Mavjud xizmatlar

tahrir

Mavjud xizmatlar va turar joy: apreldan dekabrgacha parkga tashrif buyurish uchun eng yaxshi vaqt. kunlik pikniklar va tabiat qoʻynida sayr qilish tashrif buyuruvchilar qilishlari mumkin boʻlgan xizmatlardan biridir. Tabiat bogʻida tashrif buyuruvchilar oʻzlarining oziq-ovqat va ichimliklar ehtiyojlarini qondirishlari mumkin boʻlgan joylar ham mavjud.

Havolalar

tahrir