Kursi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kursi — 1) oʻtirishga moʻljallangan uy jihozi, suyanchiqsiz yogʻoch oʻrindiq, aksariyat toʻrt oyoqli boʻladi. Shakli aylana yoki qirrali (3 dan to 10 tagacha) qilib yasaladi. Boʻyama, oʻyma naqshlar bilan bezatiladi, panjara usulida ham ishlanadi; 2) meʼmorlikda ustunning quyi qismi, poyustun. Ustun tanasi K.ga oʻtishda ingichkalashadi, shunda ustun ogʻirligi K.ga tushadi. Ustun K.si 2 usulda — ustun bilan yaxlit yogʻochdan yoki alohida yogʻochlardan yasaladi, alohida yasalganida K. uchun tosh (marmar) ham ishlatilishi mumkin. K. ustun bilan uygʻunlashtirib boʻyama, oʻyma naqshlar bilan bezatiladi. [1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |