Kursi, kassiopeya (lotincha Cassiopeia) (qad. yun. afsovasiga koʻra, Efiopiya shohi Kefeyning xotini va Andromedaning onasi Kassiopeyaning nomi bilan atalgan) — osmonning Shimoliy yarim sharida joylashgan yulduzlar turkumi. W shaklini hosil qiladigan eng yorugʻ yulduzlari ye, 8, h), a va r; ularning yorqinligi 3,4; 2,7; 2,4; 2,2 va 2,3 koʻrinma yulduz kattaligida. K.ning asosiy qismi Somon yoʻlida joylashgan boʻlib, Sefey, Kaltakesak, Andromeda, Persey va Jiraf yulduz turkumlari orasida joylashgan. K.da koʻpgina tarqoq yulduz toʻdalari mavjud. 1572-yilda Tixo Brage koʻzatgan yangi yulduz ham aynan shu yulduz turkumida portlagan. Oʻzbekistonda sent,—noyabr oylarida yaxshi koʻrinadi. 1957-yilda K.da oʻta yangi yulduz chaqnagan. Undan insoniyatga maʼlum radionurlanishlar manbalari ichida eng kuchli manba joylashgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil