Kuyovnavkar, kuyovjoʻralar — nikoh toʻyida kuyov bilan birga kelinnikiga boruvchi yigitlar, kuyovning doʻstlari, tengqurlari. Ular dastlab kuyovning uyida toʻplanadilar. Yigitlar to kelinnikiga borguncha kelin eshigi oldida, hovlisida ashula va oʻyin qiladilar (aksari karnay-surnay bilan boriladi). K.lar kuyovni oʻrtaga olib, kelin uyida ziyofat dasturxoni tuzab qoʻyilgan xonaga kiradilar. K.larga ziyofat beriladi, ularga quyuq-suyuq taomlar tortiladi. Ziyofatdan soʻng K.lar kuyovga kelin tomondan berilgan sarponi kiydiradilar. Ular toʻy tantanalarini davom ettirish uchun toʻyxonaga qaytadilar. Respublikamizning jan. viloyatlarida ziyofatdan soʻng, kuyov bilan kelinni chimildiqqa qirgʻizish uchun 2—3 ta yigit qoldirib tarqaladilar. Xorazmning ayrim joylarida kuyov va K.lar toʻy kuni emas, toʻydan soʻng kelinning ota-onasinikiga boradi. Respublikamizning turli tumanlarida K.lik rasm-rusumlari oʻziga xos shakllarda saqlanib kelmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil