Kvars lampasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kvars lampasi — elektr yordamida ultrabinafsha nurlar hosil qiladigan yorugʻlik manbai. K.l.ning balloni kvars shishasi (suyultirilgan kvars) dan yasaladi. Ballon trubkasining oxiriga kontaktlar oʻrnatilib, ballonga simob bugʻlari va inert gaz — argon toʻldiriladi. Argondan elektr razryadi oʻtganda simob bugʻlari ultrabinafsha nurlar chiqaradi. Bu nurlar baʼzi kasalliklar (mas, raxit) ni davolashda, inkubatorlarda, oʻsimliklar oʻstirishda, shuningdek, operatsiya zallaridagi havoni tozalashda, suv va sutni zararsizlantirishda hamda lyuminessent analizda ishlatiladi. Past, yuqori, oʻta yuqori bosimli K. l. boʻladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |