Bu maqola kvartet soʻzi haqida, oʻzbek musiqiy guruhi uchun bu maqolani koʻring — Kvartet (guruh)


Kvartet (lotincha guartus — toʻrtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) boʻlishi mumkin. Kamer-cholgʻu ansambllar ichida torli sozlar K.i (2 ta skripka, alt va violonchel) keng tarqalgan. Estrada sanʼatida ham K. ansambllari keng oʻrin olgan: "Bitlz" (Angliya), "ABBA" (Shvetsiya), "Orera" (Gruziya), "Sideriz" (Oʻzbekiston) va b.; 2) 4 sozanda, baʼzan 4 xonanda uchun yozilgan kamer musiqa asari. Oʻzbekiston kompozitorlaridan B. Giyenko (9 ta, 1945—95), Ik. Akbarov (6 ta, 1963—88), shuningdek, D. Soatqulov, Sayfi Jalil, E. Solihov, N. Gʻiyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b.ning K.lari mavjud[1].

Kvartet (lotincha quartette — toʻrtlik) — toʻrtta bir xil yoki oʻxshash predmetlar toʻplami, yoki bir maqsad uchun birlashgan toʻrtta shaxsdan iborat guruh.

Galereya

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Квартет[sayt ishlamaydi] // Булучевский Ю., Фомин В. Краткий музыкальный словарь. — М.: Музыка, 2005. — 461 с.


Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil