Kvartet“ — Ivan Krilovning 1811-yil aprelgacha yozilgan ertagi, birinchi marta 1811-yilda „Yangi ertaklar“ toʻplamida nashr etilgan[1].

Kvartet multfilmidan lavha

Syujeti

tahrir

Masalning syujeti toʻrtta hayvon atrofida qurilgan: maymun, eshak, echki va ayiq. Ular musiqiy kvartet yaratishga qaror qiladilar[2]. Ular turli musiqa asboblarini olib, bir vaqtning o‘zida chalishni boshlaydilar, lekin qancha urinmasin, ulardan hech narsa chiqmaydi. Keyin maymun ularga shunchaki oʻrindiqlarni almashtirishni maslahat beradi. Ammo yana hech narsa ishlamaydi. Keyin eshak yaqinroq oʻtirishni taklif qiladi — yana natija boʻlmaydi. Hayvonlar asboblarni yaxshi chalish uchun qanday oʻtirish mumkinligi haqida bahslasha boshlaydi. Bulbul bahsdan boʻlgan shovqinga uchib keladi. Uning soʻzlariga koʻra, cholgʻu chalish uchun nafaqat notalar va asboblarning oʻzi, balki musiqaga quloq solish va chalish mahorati ham kerak[2].

Masalni tugatuvchi satrlar: "Va siz, doʻstlar, qanday oʻtirsangiz ham, musiqachi boʻlishga yaramaysiz" [2] iboraga aylandi[3].

Axloqiy jihati

tahrir

Ushbu ertakning axloqi shundaki, har qanday ishda insonning qobiliyati, bilimi va tajribasi muhim ahamiyatga ega. Mahorat va musiqiy bilimga ega boʻlmasa, ayiq (shuningdek, eshak, echki va maymun) nota va asboblarni ming xil uslubda taxlab chiqishsa ham, yaxshi musiqachi boʻla olmaydilar. Boshqa har qanday kasb haqida ham shunday deyish mumkin. „Kvartet“ ertagining maʼnosi quydagi rus xalq maqolida lo‘nda aks ettirilgan: „Ish oʻz ustasidan qo‘rqadi“[4].

Krilovning zamondoshlari Krilov bu ertakda Davlat Kengashining toʻrtta boʻlimi rahbarlarini[5][6], ularning oʻzaro hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtira olmaganliklarini[7] yoki Krilov „Ruscha soʻzni sevuvchilarning suhbati“ adabiy toʻgaragi yigʻilishlari raislarini masxara qiladi, deb taxmin qilishdi, chunki ular ham toʻrtta boʻlishgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. Stepanov N. L. Kommentarii: I. A. Krilov. Kvartet // I. A. Krilov. Polnoe sobranie sochineniy. M.: Gos. izd-vo xudoj. lit., 1945—1946. T. 3. — S. 445
  2. 2,0 2,1 2,2 Krilov I. A. Kvartet // I. A. Krilov. Polnoe sobranie sochineniy. M.: Gos. izd-vo xudoj. lit., 1945—1946. T. 3, s. 82—83.
  3. „Костёр сатиры(к 250-летию И. А. Крылова)“. 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  4. „Мораль басни "Квартет" Крылова (анализ, суть, смысл)“.
  5. Korf M. A. „Jizn gr. Speranskogo“. SPB, 1861 g. — ch. 1. — S.118
  6. Dmitriev I. I. „Vzglyad na moyu jizn“, 1861. — S.292—293
  7. Yozef Sipko, I. A. Krilov — a on i nine zdes//NOVAYa RUSISTIKA, 2016. — № 1. — S.25
  8. F.Vigel „Vospominaniya“, M., 1893 g., kn. III. — S. 152

Havolalar

tahrir