Kvota
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvota (lotincha quota — qism, hissa) — 1) umumiy ishda ishtirok etuvchilarning har biriga toʻgʻri keladigan hissa, qism, pay; 2) muayyan davr uchun tovarlarni i.ch., isteʼmol, sotish, eksport, import va b. iqtisodiy faoliyat sohalarida joriy qilinadigan miqdoriy cheklashlar. Davlat organlari tomonidan oʻtkaziladigan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish tadbirlari tarzida muayyan tovarlar turlari eksporti va importiga miqdoriy cheklashlar kvotalash deb ataladi. Davlatlararo shartnomalarga koʻra, ayrim yoki bir guruh tovarlar yuzasidan K. oʻrnatiladi. Unga muvofiq, mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhlari faqat belgilangan miqdordagi tovarlarni i.ch. va eksport qilishi mumkin (davlatlararo kartel bitimlari). K. shartini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy jixdtdan jazolanadi. Yevropa Ittifoqi, turli xalqaro iqtisodiy birlashmalar (mas, OPEK)ning iqtisodiy faoliyatida, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda keng qoʻllanadi. K. oʻrnatishdan maqsad bozordagi narxga turlicha taʼsir koʻrsatish, ichki bozorni himoya qilish, tovar taklifini chegaralash, narxni muayyan darajada saqlab turish va b.dan iborat.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |