Kioto (yaponcha: 京都, Kyōto) — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu orolida, Kioto prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1 464 890 kishi (2020). Kioto 792—794-yillarda qurilgan va 1192-yilgacha Xeyan deb atalgan. 1868-yilgacha mamlakatning rasmiy poytaxti va yapon imperatorlarining qarorgohi, muhim savdo shahri boʻlgan. Kioto — transport yoʻllari tuguni. Kema qatnaydigan kanal orqali Biva koʻli bilan bogʻlangan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, madaniy, tarixiy va diniy markazi. Mashinasozlik (asosan, elektr mashinasozligi va qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) va rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik (tabiiy va sunʼiy ipakdan shoyi toʻqish), tikuvchilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, oyna-keramika sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda shoyi toʻqish, chinni va bronzadan badiiy buyumlar, diniy marosim ashyolari tayyorlashning qad. markazi. Yaponlarning kad. budda ibodatxonalari, muqaddas joylar, saroylar, bogʻ koʻp. Kiotoda Yaponiyadagi 2 ta eng qadimgi universitet, tibbiyot akademiyasi, amaliy sanʼat oʻquv yurti, kutubxonalar, muzeylar, botaniqa bogʻi bor. Xalqaro turizm markazlaridan. Meʼmoriy yodgorliklardan Todzi ibodatxonasi (8—17-asrlar), Sayxodzi (14-asr), Tenryudzi (14-asr), Ryoandzi (15-asr) monastirlari, imperator saroyi majmuasi (1799-yilda qayta tiklangan) va boshqa saqlangan. Ular meʼmorlikdagi yangi yoʻnalish asosida oʻziga xos milliy uslubda, ichki bezagida yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, naqqoshlikdan foydalanib barpo etilgan. Zamonaviy inshootlardan „Kioto kaykan“ shahar madaniyat markazi, xalqaro majlislar zali va boshqa qurilgan. Kioto yaqinida Uidzida Feniks ibodatxonasi joylashgan.[1]

Demografiyasi

tahrir
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1873 238 663—    
1889 279 165+17.0%
1900 371 600+33.1%
1910 470 033+26.5%
1920 736 462+56.7%
1925 860 878+16.9%
1930 987 777+14.7%
1935 1 117 439+13.1%
1940 1 127 870+0.9%
1945 1 041 700−7.6%
1950 1 130 185+8.5%
1955 1 229 808+8.8%
1960 1 295 012+5.3%
1965 1 374 159+6.1%
1970 1 427 376+3.9%
1975 1 468 833+2.9%
1980 1 473 065+0.3%
1985 1 486 402+0.9%
1990 1 461 103−1.7%
1995 1 470 902+0.7%
2000 1 467 785−0.2%
2005 1 474 811+0.5%
2010 1 474 015−0.1%
2015 1 475 183+0.1%
2020 1 464 890−0.7%
Manba: [2][3]

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „人口・世帯の時系列データ (XLSX)“. City of Kyoto. 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.
  3. Japanese Imperial Commission. Le Japon à l'exposition universelle de 1878. Géographie et histoire du Japon (fr), 1878 — 16-bet.