Neyel nuqtasi, Kyuri antiferrmagnit nuqtasi — antiferromagnetik jismning oʻziga xos magnit xususiyatlarini yoʻqotib, paramagnetik holatga oʻtish temperaturasi (TN). Antiferromagnit jismlarning magnit va boshqa fizik xossalari temperaturaga bogʻliq ravishda oʻzgaradi. Magnit kirituvchanlik temperatura ortishi bilan ortib boradi va maʼlum temperaturadan, yaʼni Neyel nuqtasidan yuqori temperaturada antiferromagnetikning magnit tuzilishi buziladi va jism paramagnit boʻlib qoladi. Antiferromagnetiklarning nomagnit xossalari (issiklik oʻtkazuvchanligi, issiklikdan kengayish koeffitsiyenta, elektr oʻtkazuvchanligining temperatura koeffitsiyenti va boshqalar) ning buzilishi eng yuqori qiymatga yetadi. Turli antiferromagnetik moddalar uchun Neyel nuqtasi turlicha boʻlib, mutlaq noldan 1000 K gacha yetadi. Masalan, FeCO3 uchun Neyel nuqtasi 57 K, CrSr uchun esa 725 K. TN temperaturani aniqlagan L. Neyel nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil