Léo Delibes
Clément Philibert Léo Delibes (talaffuzi: Kleman Filiber Leo Delib; 1836.21.2, Sen-Jermen dyu-Val — 1891.16.1, Parij) — fransuz kompozitori, balet janri isloqotchisi. Parij konservatoriyasida taʼlim olgan (1848—53) va shu yerda professor (1881 y.dan). Fransiya instituti (akademiyasi)ning aʼzosi (1884 y.dan). Uning "Jilgʻa" (Minkus bilan hamkorlikda, 1866), "Koppeliya" (1870), "Silviya" (1876) baletlarida sahnaviy raqs dramatik teatrga xos vositalari bilan toʻldirildi, musiqa uslubi simfonizm tamoyillari bilan boyidi. Hajviy "Qirol shunday degan" va lirik-dramatik "Lakme" (1883) operalari dunyo teatrlarida muntazam ijro etiladi. D.ning "Lakme" va "Koppeliya" asarlari Navoiy teatriaya 1947 y.dan beri sahnalashtirilmoqda.
Léo Delibes | |
---|---|
Tavalludi | 21-fevral 1836 |
Vafoti | 16-yanvar 1891 |
Fuqaroligi | Fransiya |
Otasi | Philibert Delibes |
Onasi | Clémence Batiste |
Manbalar
tahrirAdabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |