L Kilya (lotincha: L Carinae, qisqartma. L car; HD 90264 nomi bilan ham tanilgan) — Kilya yulduz turkumidagi yulduz. U chiziqlari ikkilanganspektroskopik qoʻsh yulduz sifatida tasniflanadi.

L Kilya — koʻk-oq asosiy ketma-ketlik yulduzi boʻlib, B8V spektral tipidagi koʻrinma yulduz kattaligi +4,97m (shuning uchun oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin). Yulduz Quyoshdan taxminan 430 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan. Chayon-Sentavr OB-assotsiatsiyasining kichik guruhi boʻlgan Yuqori Chayon (II Sco) tarqoq yulduzlar assotsiatsiyasiga kiritilgan.

Tizimning ikkala komponenti kimyoviy jihatdan oʻziga xos geliysiz yulduzlardir, massalari bir-biriga yaqin (massa nisbati 1,22). Juftlikning ogʻirroq komponenti SX Ari (geliy oʻzgaruvchisi) oʻzgaruvchan yulduzi, yengilrogʻi simob-marganes yulduzi; bu yulduzlarning birinchi maʼlum juftligi. Juftlikning aylanish davri 15,727 kun, orbitalar aylanaga yaqin (eksentrisiteti, taxminan, 0,04). Qoʻsh yulduzlar har birining aylanish davrlari ham 15-16 kunga yaqin.

Bu yulduzni HR 3884 yoki HD 84810[1] sifatida ham tanilgan Sefeida l Carinae (belgilashda kichik l harfi) bilan chalkashtirib yubormaslik kerak.

Adabiyotlar

tahrir
  • Quiroga C., Torres A. F., Cidale L. S. The chemically peculiar double-lined spectroscopic binary HD 90264 (angl.) // Astronomy and Astrophysics. — EDP Sciences, 2010. — Vol. 521. — P. A75. — ISSN 0004-6361. — doi:10.1051/0004-6361/201014521. — Bibcode: 2010A&A…521A..75Q.

Manbalar

tahrir
  1. „View annotations on object * L Car“. 2018-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.