La-Korunya
La-korunya — Ispaniyadagi shahar, Galisiya muxtor viloyatida. LaKorunya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 367,7 ming kishi (1998). Atlantika okeani sohilidagi port. Neftni qayta ishlash, alyuminiy, kemasozlik, oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Qurol ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |