La-Plata (shahar)
La-plata — Argentinadagi shahar, mamlakatning sharqiy qismida. La-Plata qoʻltigʻining jan. sohilidagi port. Buenos-Ayres provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 553 ming kishi (2001). Savdo va sanoat markazi. Temir yoʻl tuguni. Yetakchi sanoat tarmogʻi — neftni qayta ishlash va neft kimyosi. Oziq-ovqat, metallsozlik, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, rasadxona, muzeylar bor. Shaharga 1882-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |