Spetsiya

Italiya kommunalari
(LaSpetsiyadan yoʻnaltirildi)

Spetsiya, La Spetsiya — Italiyaning shimoliy qismidagi shahar. Spetsiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 91 ming kishi (2001). Liguri dengizi sohilidagi port. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik), neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mamlakatda eng yirik issiklik elektr stansiyasi qurilgan. Dengiz va arxeologiya muzeylari bor. Shahar 12-asrdan maʼlum. 14—16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Turizm rivojlangan. Harbiy dengiz bazasi.