La Banda
La Banda („guruh“) — Riki Martin va Saymon Kouell tomonidan tashkillashtirilgan musiqiy teleseriyalar shousi. Shou asli Ispan tilida qoʻshiq kuylovchi yosh iqtidorli ijodkorlar uchun yaratilgan boʻlib, gʻoyani dastlab Riki Martin oʻylab topgan.[1] Ammo rasman musiqiy teleserial sifatida Alexandra Espinosa tomonidan taqdim etilgan. Serial „Syco Entertainment“, „Saban Brands“ va „Univision“ kompaniyalari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.
La Banda | |
---|---|
Fayl:La Banda logo.jpg | |
Janri | Realiti teleko'rsatuv |
Muallif(lar) | Saymon Kouel |
Mamlakat | Qo'shma Shtatlar |
Til | Ingliz, Ispan |
Mavsumlar soni | 2 |
Qismlar soni | 28 (2016-yil 11-dekabrdan hisoblaganda) |
Ishlab chiqarish | |
Prodyuser(lar) | Riki Martin |
Joy | Mayami, Florida |
Studiya(lar) |
Univision Syco Entertainment Saban Brands FremantleMedia Shmoliy Amerika |
Efirga uzatilishi | |
Telekanal |
Univision Las Estrellas |
Translyatsiya davri | 13-sentyabr, 2015-yil — 11-dekabr, 2016-yil |
Univision serial efirga uzatilganidan beri ikkita faslni televideniyega translyatsiya qildi. 1-fasl premyerasi 2015-yil 13-sentabrda boʻlib, 2015-yil 13-dekabrgacha davom etdi, unda hakamlar hay’ati aʼzolari sifatida Riki Martin, Laura Pausini va Alexandro Sans qatnashdi.[2][3] 1-fasl yakunidan soʻng serial tashkilotchilari yangi mavsumni ishlab chiqishga qaror qilishdi va keyingi musiqiy dasturda ishtrok etish uchun iqtidorli yosh oʻsmirlarni izlashga kirishdi. Teleserialning 1-mavsumi Lotin Amerikasidagi oʻsmirlar tomonidan ijobiy qabul qilindi va bu mavsumning gʻoliblari sfatida hozirda CNCO deb nomlanuvchi guruh mashhurlikka erishdi.[4]
2-mavsumda shouning shartlari oʻzgardi, bu safar shouda Lotin Amerikasining musiqa sevar, iqtidorli oʻgil bolalardan va qizlardan tashkil topgan guruhlarni kashf etishni oldiga maqsad qildi. Serialning 2-mavsumi 2016-yil 11-sentabrdan 2016-yilning 11-dekabriga qadar davom etib, Visin, Laura Pausini va Mario Domm hakamligida efirga uzatilgan.[5] Unda MIX5 nomli yangi guruh gʻolib boʻldi, ishtirokchilari Brayan Kruz (Kuba), Taishmara Rivera (Puerto-Riko), Kristian Kastro (Puerto-Riko), Danelli Xoyer (Meksika) va Garmandi Kandelario (Dominikan Respublikasi)dan iborat edi.[6]
Bir yillik tanaffusdan soʻng 2018-yilda faoliyatini qayta boshlagan La Banda musiqiy seriali 3-mavsumga start berdi.[7] Bu paytda serialning Meksikada ham, Gretsiyada ham spinofflari mavjud edi.
Xalqaro versiyalari
tahrirHozirda efirga uzatilayotgan franchayzing Kelgusi mavsum bilan franchayzing Yakuniga yetgan franchayzing
Mamlakat/Hudud | Mahalliy titul | Tarmoq | Gʻolib | Hakamlar | Mezbonlar |
---|---|---|---|---|---|
Andoza:Country data Arab Ligasi | Al-Fareq الفريق | MBC 1 |
|
||
Gretsiya Kipr |
La Banda | Open TV |
|
|
|
Filippin | Pinoy Boyband Superstar | ABS-CBN (1) |
|
| |
Portugaliya | La Banda — Um Grupo, Um Sonho | RTP1 [1] |
|
|
|
Havolalar
tahrir
- ↑ Tinico. „Ricky Martin Joins 'La Banda' As Judge; Will Executive Produce Univision Talent Show With Simon Cowell [VIDEO“]. latintimes.com (2015-yil 19-fevral). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Laura Pausini Joins Univision Network's "La Banda" as a Judge“. corporate.univision.com (2015-yil may). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Alejandro Sanz Joins Univision Network's "La Banda" as a Judge“. corporate.univision.com (2015-yil 6-may). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ Barrera. „'La Banda' Univision Finale: Christopher Vélez, Richard Camacho, Joel Pimentel, Erick Brian Colón, Zabdiel De Jesus Are CNCO!“. latintimes.com (2015-yil 13-dekabr). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ Roiz. „'La Banda 2' Judges: Univision Reveals Which Two Artists Join Laura Pausini In Reality Show“. latintimes.com (2016-yil 30-iyun). Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ Flores. „Meet MIX5: 'La Banda' Wraps Second Season With New Band“. billboard.com. Billboard. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ Univision.com: La Banda is back! Espera su tercera temporada en el 2018 (ispancha)