La Isla Bonita
„La Isla Bonita“ (tarjimasi „Goʻzal orol“) – amerikalik qoʻshiqchi Madonna ijro etgan qoʻshiq. Xonandaning „True Blue“ (1986) nomli uchinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Patrick Leonard va Bruce Gaitsch uni instrumental demo sifatida yaratgan va qoʻshiqchi Michael Jacksonga taklif qilgan. Ammo, Michael Jackson bu taklifni rad etgan. Leonard „True Blue“ ustida ishlashni boshlash uchun Madonna bilan uchrashganida, musiqani eshittirib koʻrgan. Madonna qoʻshiqqa nom oʻylab topgan, qoʻshiq soʻzlarini yozgan va Leonard bilan qoʻshiqqa prodyuserlik qilgan. Qoʻshiqda ispan tilida kuylangan toʻrt satr ham mavjud. Qoʻshiq matni San Pedro nomli orol haqida boʻlib, Madonna bu qoʻshiq uning Lotin amerikaliklarga boʻlgan hurmati ekanligini aytib oʻtgan.
„La Isla Bonita“ | ||||
---|---|---|---|---|
Madonna qoʻshigʻi | ||||
„True Blue“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1987-yil 25-fevral | |||
Janr | Latin-pop | |||
Davomiyligi | 4:03 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Madonna singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„La Isla Bonita“ YouTubeda |
1987-yil 25-fevralda „True Blue“ albomidan beshinchi va oxirgi singl sifatida chiqarilgandan soʻng, „La Isla Bonita“ musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy qabul qilingan va albomning asosiy qismi sifatida taʼkidlangan. Tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlib, Billboard Hot 100 roʻyxatidagi oʻn birinchi beshta eng yaxshi hitlardan biriga aylangan. Qoʻshiqning videoklipida Madonna ikkita qarama-qarshi personajni tasvirlagan: yosh katolik ayol va flamenko raqqosi. Klipga zamonaviy tanqidchilar tomonidan turli xil sharhlar berilgan: baʼzilar ispan tilidagi tasvirlardan foydalanishni muvaffaqiyatli marketing strategiyasi sifatida koʻrishgan boʻlsa, boshqalar esa qoʻshiqchini madaniy oʻzlashtirishda ayblashgan.
Madonna „La Isla Bonita“ taronasini oʻzining sakkizta kontsert gastrollarida kuylagan. Shuningdek, koʻplab sanʼatkorlar, jumladan Ricky Martin va Alizée tomonidan ham kuylangan. „La Isla Bonita“ Madonnaning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri deb eʼtirof etiladi va uning „Immaculate Collection“ (1990) va „Celebration“ (2009) albomlariga ham kiritilgan.
Treklist
tahrir- US 7-inch single[1]
- „La Isla Bonita“ – 4:03
- „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 4:20
- UK 7-inch single[1]
- „La Isla Bonita“ (7-inch remiks) – 4:01
- „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 4:20
- US and German 12-inch maxi-single[2]
- „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 5:28
- „La Isla Bonita“ (instrumental) – 5:14
- Digital single (2023)[3]
- „La Isla Bonita“ – 4:05
- „La Isla Bonita“ (oʻzgartirilgan remiks) – 4:06
- „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 5:33
- „La Isla Bonita“ (instrumental kengaytirilgan remiks) – 5:23
- „La Isla Bonita“ (kengaytirilgan remiks) – 5:28
- „Open Your Heart“ (kengaytirilgan versiya) – 10:38
- „Gambler“ – 3:58
- „Crazy for You“ – 4:12
- „La Isla Bonita“ (instrumental) – 5:21
Jamoa
tahrir- Madonna – qoʻshiqnavis, prodyuser, vokal
- Bruce Gaitsch – gitara, qoʻshiqnavis
- Patrick Leonard – dovullar, klavishalar, qoʻshiqnavis, prodyuser
- Jonathan Moffett – dovullar
- Paulinho da Costa – perkussiya
- Siedah Garrett, Edie Lehmann – bek-vokal
- Michael Verdick – ovoz rejissyori
- Herb Ritts – fotografoya
- Jeri McManus – dizayn
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 La Isla Bonita (US 7-inch Single liner notes). Madonna. Sire Records. 1987. 9 28378-7.
{{cite AV media notes}}
: CS1 maint: others in cite AV media (notes) () - ↑ La Isla Bonita (US 12-inch Maxi Single liner notes). Madonna. Sire Records. 1987. 0-20633.
{{cite AV media notes}}
: CS1 maint: others in cite AV media (notes) () - ↑ „La Isla Bonita – EP by Madonna on Apple Music“. Apple Music. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
- ↑ La Isla Bonita (Australian CD Single liner notes). Madonna. Sire Records. 1987. 7599-25451-2.
{{cite AV media notes}}
: CS1 maint: others in cite AV media (notes) () - ↑ La Isla Bonita (Japanese CD Single liner notes). Madonna. Sire Records. 1987. WPCP-3440.
{{cite AV media notes}}
: CS1 maint: others in cite AV media (notes) () - ↑ „La Isla Bonita – Super Mix Green RSD Exclusive 2019“. Amazon (2019-yil 28-mart). 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.