Labillik

Ha buni bilib qo'yish zarar qilmaydi

Labillik (lotincha: labilis — sirpanuvchan, beqaror) (fiziologiyada) — nerv va muskul toʻqimalarining funksional harakatchanligi; bunda toʻqima taʼsirlanish ritmida eng katta chastota bilan qoʻzgʻaladi (qarang Koʻzgʻalish). Bu taʼlimotni fanga rus fiziologi N. Ye. Vvedenskiy kiritgan (1892). Uning taklifiga binoan, qoʻzgʻaluvchi toʻqimaga 1 sek.da beriladigan eng koʻp taʼsirotga toʻqimaning oʻshancha miqdorda harakat potensiallari bilan bergan javob reaksiyasi L. oʻlchovi qilib olinadi. L. toʻqimaning faoliyati jarayonida ortib-kamayib turishi mumkin, bu taʼsirotning kuchi va chastotasiga, neyro-gumoral taʼsirlarga (qarang Neyro-gumoral regulyasiya) bogʻliq. Yoʻgʻon nerv tolalari eng katta L.ka ega, ular 1 sek.da 500—600 impuls oʻtkazadi. Toʻqimalarning funksional holatini aniqlashda, shuningdek, mehnat va sport fiziologiyasida L. muhim ahamiyat kasb etadi.

Biologiya va tibbiyotda "L." harakatchanlikni, beqarorlikni (masalan, kishilarning ruhiyati, fiziologik holatini), yaʼni organizmning tashqi va ichki omillarga nisbatan oʻzgaruvchanligini anglatadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil