Laboratoriya (lotincha laboratorium — „ishxona“) ilmiy tadqiqot, tajriba va oʻlchov oʻtkazish uchun moʻljallangan joy, obyektdir. Bu atama bilan shuningdek jarayon yoki uskunalari ilmiy laboratoriyaga oʻxshash boshqa ishxonalar ham nomlanadi (masalan, fotolaboratoriya, komputer laboratoriyasi).

Zamonaviy biokimyo laboratoriyasi, Kyoln Universiteti, Olmoniya.
Maykl Faraday laboratoriyada

Laboratoriya (lotincha laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, oʻquv yurti tarkibidagi ilmiy, ishlab chiqarish-nazorat tajribalari yoki oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki boʻlim, boʻlinma. Oliy oʻquv yurtlarida laboratoriya3 turga ajratiladi: oʻquv laboratoriya(ayrim oʻquv fanlaridan) — talabalar bilan laboratoriyamashgʻulotlari olib boriladi; muammoli laboratoriya— asosiy fanlar boʻyicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha laboratoriya— xalq xoʻjaligining muayyan tarmogʻidagi dolzarb masalalar hal etiladi.

Muammoli va soha L.lari korxona, ilmiy tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarda ham bor. Laboratoriya-nazorat L.lari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, ishlab chiqarishga oid tayin masalalarni tekshiradi. Mas, ishlab chiqarish xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish laboratoriya(z-dlarda), klinik laboratoriya(davolash muassasalarida), kriminalistik laboratoriya(tergov va sud organlarida), agronomik laboratoriya(qishloq xoʻjaligi tashkilotlarida)[1].

Ilmiy laboratoriyalar maktab va universitetlarda, sanoatda, davlat yoki harbiy tashkilotlarda, kema yoki fazoviy kemalarda boʻlishi mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil