Labrador (mineral)
mineral
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Labrador — jins hosil qiluvchi mineral, plagioklazlar (dala shpatlari) guruhiga mansub. Tarkibida 51 dan 70% gacha anortit va 30 dan 50% gacha albit boʻladi. Triklin singoniyada kristallanadi. Rangsiz, oq, kulrang, koʻpincha, zangori-koʻk tusda tovlanadi. Qattikligi 6; zichligi 2,69 g/sm3. Asosli magmatik togʻ jinslarining muhim tarkibiy qismi. Asosiy qismi L.dan iborat togʻ jinsi labradorit deyiladi. Oʻzbekistonda bunday jinslar juda koʻp. Ulardan binolarni, metro bekatlari, yodgorliklarni qoplash uchun foydalaniladi. Tarkibida ilmenitning yupqa plastinkachalari mavjudligi hisobiga irizatsiyalashuvi mineral (yoki jins)ning oʻziga xos xususiyati hisoblanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |