Laktamlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Laktamlar (lakt...) — halqasida — S(O) — NR — (bu yerda R — N yoki organik radikal) guruhi boʻlgan aminokarbon kislotalarning ichki siklik amidlari; tautomer "enol" shakli laktim deyiladi. L. — kristallar; suvda va organik kislotalarda yaxshi eriydi; amfoter moddalar. Kimyoviy xossalari karbon kislotalar amidlariga oʻxshash, oson alkillanadi, atsillanadi, galogenlanadi. L., asosan, aminkarbon kislotalar yoki ularning hosilalarini siklizatsiyalab, shuningdek, galogenokarbon va oksikarbon kislotalarning amidlaridan olinadi. ye-kaprolaktamni polimerlab, polikaproamid hosil qilinadi (polikaproamiddan kapron tolasi tayyorlanadi). Koʻpchilik L. biologik faol moddalar; jumladan 3-L. laktam antibiotiklari tarkibiga kiradi; poli—N—vinilpirrolidonning suvdagi eritmasi tibbiyotda qon plazmasi sifatida qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |