Laktatsiya (lakt…) – odam va sut emizuvchi hayvonlarda sut hosil boʻlishi, yigʻilishi va vaqt-vaqti bilan ajralib chiqishi. Sut emizuvchi hayvonlarning urgʻochilari va ayollarga xos. Laktatsiya tugʻruqdan keyin boshlanadi. Sut sut bezlaritsa qondan soʻrib olingan oziq moddalar hisobiga yigʻiladi. Laktatsiya – murakkab neyro-gumoral jarayon (qarang Ney-ro-gumoral regulyasiya). Ayollarda koʻzi yorigan kunining dastlabki kunidanoq ogʻiz suti, 2—3 haftadan keyin esa rosmana sut kela boshlaydi; 10—20-haftalarga kelib laktatsiya avjiga chiqadi. Laktatsiya muddati har bir ayol sut bezlarining oʻziga xos xususiyatlariga, emizikli onaning ovqatlanish tarziga, shuningdek, bolani emizib boqishiga bogʻliq (qarang Goʻdak). Agar sut bezlaridan sut chiqarib turilmasa, laktatsiya toʻxtaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil