Iogann Lambert
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Iogann Genrix Lambert (Johann Heinrich Lambert; 1728.26.8, Myulxauzen - 1777.25.9, Berlin) — nemis matematigi, fizigi, astronomi va filosofi. Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1765). Ilmiy ishlari geometriya (parallel toʻgʻri chiziqlar, konus kesimlari, perspektiva nazariyasi), sferik trigonometriya va algebraga oid. Lambert l sonining irratsionalligini birinchi boʻlib isbotlagan (1766). U giperbolik funksiyalar apparatini bi-rinchilardan boʻlib qoʻllagan va bu funksiyalarga nom bergan (1768). Lambert mantiqiy hisobni ishlab chiqqan va J. Bul mantiqiy algebrasining gʻoyalarini oldindan bilgan. Fizikada Lambert atmosferada yorugʻlik refraksiyasini oʻrgangan, fotometriyaga oid tekshirishlar oʻtkazgan, xira sirtlarda yorugʻlik qaytishi nazariyasini bergan. Astronomiyada kometali orbitalarni, Yupiter va Saturn harakatlari xususiyatlarini tekshirgan.[2]
Iogann Lambert | |
---|---|
Tavalludi | 26-avgust 1728 |
Vafoti | 25-sentyabr 1777 |
Fuqaroligi | Republic of Mulhouse va Fransiya[1] |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Vikiomborda Iogann Lambert haqida turkum mavjud |