Laminariyasimon suvoʻtlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Laminariyasimon suvoʻtlar (Laminariales) — qoʻngʻir suvoʻtlar tartibi. Dengiz suv oʻtlarining eng yirigi, uz. 1 – 15 m, baʼzan 60 m gacha. Tanasi oddiy yoki shoxlangan, asosi bir yoki bir nechta plastinkadan iborat; oʻtkazuvchi toʻqimalari — elaksimon naychalar fotosintez mahsulotlarini tashiydi. Laminariyasimon suvoʻtlar interkalyar oʻsadi. Oʻsish zonasi plastinkaning asosidan boshlab poyaning uchki qismigacha joylashgan. Rizoidlari va tanasi, odatda, kup yillik; plastinkalari esa har yili yemirilib turadi. Yiliga bir marta zoosporalar hosil qiladi, ulardan mikroskopik gametofitlar oʻsib chiqadi. Jinsiy koʻpayishi — oogamiya. Urugʻlangan tuxum hujayra gametofitdyam — ajralmasdan yangi yirik tallom (sporofit) hosil qiladi. 30 turkumi, 100 ga yaqin turi bor; asosan, moʻʼtadil iqlimli va sovuq suvli dengizlarda oʻsadi. Uzoq Sharq va shimoldagi hamma dengizlarda tarqalgan. Tarkibida uglevodlar, vitaminlar karotin, alginat kislota va boshqa bor. L.sdan tayyorlangan preparatlar tibbiyotda surgi dori sifatida hamda buqoq, arterioskleroza" davolashda foydalaniladi. Laminariyasimon suvoʻtlar hayvonlarga ozuqa va qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida foydalaniladi va isteʼmol qilinadi (qarang Dengiz karami).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |