Lankaron
Lankaron (ozarbayjoncha: Lənkəran) — Ozarbayjon Respublikasining janubiy qismida joylashgan shahar, Kaspiy dengizidagi port. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 45,4 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Subtropik mevalar yetishtiriladigan rayonning markazi. Baliq konserva, meva-sabzavot konserva zavodlari, choy fabrikalari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Dengiz boʻyi balneoiutim kurorti. Ozarbayjonning eng qad. shaharlaridan biri, asos solingan yili nomaʼlum. 18-asrda Tolish xonligi markazi. 1804— 13 -yillar Rossiya—Eron urushida vayron qilinib, Lankaron oʻrnida qalʼa qurilgan.[6] 1971-yil 28-iyuldan respublikaga tobe shahardir.
Lankaron ozarbayjoncha: Lənkəran | |
---|---|
Shahar | |
38°45′14″N 48°51′14″E / 38.75389°N 48.85389°E | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Hukumat | |
• Hokim | Toleh Azay oʻgʻli Qarashov[1] |
Maydon | 1,539[2] km2 (594 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjoncha |
Aholisi (2018) |
226 799[3] |
Zichligi | 147,37 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib | asosan musulmonlar |
Telefon kodi | 994 25[4] |
Pochta indeks(lar)i | AZ4200[4] |
Avtomobil kodi | 42[5] |
Umumiy maʼlumot | |
---|---|
Aholining umumiy soni | 51,300[7] |
Tibbiy muassasalar soni | 17 |
Madaniyat markazlari soni | 191 |
Etimologiyasi
tahrirLankaron toponimi qayerdan olinganligi, uning maʼnosi hozirgi kunga qadar bahsli masala sifatida qolmoqda. Lankaron va uning atrofidagi hududlarning qadimiyligini koʻrsatuvchi hujjatlardan eng mashhuri yunon tarixchisi Gerodotning maʼlumotidir. U hozirgi Masalliga yaqin yerlarda Dubil nomli qishloq boʻlganligini koʻrsatadi. Strabon oʻz asarida Boladi, Majul, Bustar va Talishkeron qishloqlarining koʻklamzor va oʻtloq ekanligi haqida maʼlumot bergan.
Lankaron soʻzining ildizini tadqiqot qilish maqsadida ilk bora bu nom ishlatilgan tarixga nazar solish lozim. 1409-yilda arab tilida yozilgan „Farruxnomayi-jamoli“ asarining muallifi tabib Ramazan ibn Shayxali Lankaroniy va ushbu kitobni 1594-yilda fors tiliga tarjima qilgan Moʻhubali ibn Ahmadiy Lenkorkunoniy laqabiga duch kelamiz.
Lankaron nomi ildiziga ikki jihatdan yondashmoq lozim: birinchisi fors tilidan, ikkinchisi talish tilidan oʻtgan degan maʼnoda qarash kerak. XV asrdan avval aytilgan Langarkunan, Langaron, Lankgeron, Langaran, Lyangaran soʻzlari bugungi Lankaron soʻzining ilk shakllari boʻlgan. Bulardan Langarkunan — Langar va kunan — yer, maskan deganidir. Yaʼni birinchi nom langar tashlangan yer maʼnosini beradi. Bu nomning yaralishiga sabab dunyoning turli yerlaridan Eronga tijorat uchun, safar, taʼlim, ziyorat, diplomatik ishlar uchun borgan va Erondan kelgan kemalarning bu yerda langar tashlab toʻxtashlari boʻlgan.
Lengkoran forscha lang — sekin, koran — yer, maskan demakdir. Ikkinchi nom esa „Imillagan yer“ maʼnosini beradi. Nomning kelib chiqishiga sabab yogʻingarchilikning koʻp boʻlishi sababli bu yerga keluvchilarning kechikishidir.
Lenkon talishcha leyne, len — qamish, kon — uylar deganidir. Shuningdek, uning atrofidagi tumanlarda oxiri talishcha „kon“, ozarbayjoncha „koran“ bilan tugagan joy nomlari koʻp uchraydi. Shunday qilib, uchinchi nom „qamish uylar“ maʼnosida keladi. Bu nom Germaniyaning Gamburg elchixonasidagi hisobotlarda ham bor. Yaʼni bu soʻz 1603-yilda nomi qayd qilingan, oʻsha davrda Lankarondan biroz masofada joylashgan nemischa yozilgan Lankon soʻzidir. Hozirgi Lankaron kattalashgach ushbu qishloq shaharga aralashib, nomi Lankaron bilan almashgan. Oʻsha davrda, hatto XX asr boshlarigacha bu yerdagi uylarning usti, tomi, baʼzan devorlari ham qamishdan boʻlgani uchun qamish uylar deb nom olgan.[8][9][10]
Tarixi
tahrirLankaron tarixan juda qadimiydir. Uning bir kilometrligida Digoh qishlogʻida topilgan Diva-lona qabristonining miloddan avvalgi asrlarga tegishli ekanligi buning isbotidir. Shu bilan birga 1869-yilda Said Ali ibn Kozimbey tomonidan qalamga olingan „Javohirnomayi Lankaron“ kitobida IX asrda Lankaronning Ballabur qal’asida joylashgani taxmin qilinadi.
Taniqli yozuvchi va tarixchi Abbosquli ogʻa Bakixanov „Gulistoni Eram“ (1841), Mirza Ahmad Mirza Xudoberdi oʻgʻli 1882-yilda qalamga olgan „Axbornoma“ kitoblarida Lankaronni „Langarkunon“ deb nomlagan.
XVI asr Angliya-Moskva tijorat kompaniyasining vakili Chepmen oʻz sayohati vaqti Laygon shahrida boʻlganini aytadi. Olmon imperatori Rudolf Habsburgning I Shoh Abbosga joʻnatgan elchisi Stefan Kakash va uning kotibi Tektanderning Olmoniya elchixonasida saqlanuvchi hisobotida Lankaron va yaqin masofadagi Kankon qishlogʻining nomini aytib oʻtgan. XVII asr nemis olimi Adam Oleari esa bu shaharni Lankarkunan deb nomlagan.
1614-yil 27-sentyabrda rus sayyohi va diplomati Brexov hisobotida I Shoh Abbos bilan Qizilogʻochdan Lyangaranga kelganini koʻrsatadi. 1638-yilda rus sayyohi va diplomati A. Suxanov, 1670-yilda Gollandiya dengizchisi Yan Streis turli muzeylarga va elchiliklarga bergan hisobotlarida, shuningdek, kundaliklarida Lankaron nomini qayta-qayta takrorlaganlar. Rossiyada doktor sifatida ishlagan diplomat, shotlandiyalik Bel 1717-yilda Langaranga, u yerdan esa Qizilogʻochga kelganini aytadi.
Lankaron shahrining tashkil etilishi tarixi hanuzgacha aniqlashtirilmagan. Bu ham bu yerda yetarlicha arxeologik qazilmalar olib borilmasligi bilan bogʻliq. Lankaron shahri nomiga ilk bor sayyoh Larens Chepmen xotiralarida duch kelamiz. Uning xotiralaridan shu maʼlum boʻladiki, sayyoh Lankaronda 1568—1569-yillarda boʻlgan. Lekin bu yillarni Lankaron shahrining tashkil etilgan yili sifatida qabul qilish toʻgʻri boʻlmaydi.
Lankaron ham butun Ozarbayjon singari Saljuqiylar, Hulakiylar va Temuriylar hokimiyati ostida boʻlgan. Hamdulloh Qavziniyning bergan maʼlumotiga koʻra, XV asrning oltmishinchi yillarida Lankaron (talish) viloyati Ozarbayjon Oqqoʻyinli davlati viloyatlariga kirar edi. XVI asr boshlarida Ozarbayjon tarixida juda muhim hodisa yuz berdi. Taniqli siyosiy xodim Shoh Ismoyil Xatoiy Safaviylar davlatini yaratdi. Lankaron bu davlatni tashkil qiluvchi hududlardan biri edi. Lankaron feodallari shohni doim himoya qilar edilar, aynan mana shu ularning Safaviylar saroyida yuksak nufuzga ega boʻlishlariga sabab boʻlgandi. Viloyatni oʻsha davrda shoh tasdiqlagan mahalliy mulkdorlar boshqarardi. Safaviylar davlati hukmronligi davrida Lankaron Ozarbayjonning boshqa viloyatlari kabi ham iqtisodiyot, ham madaniyat sohasida yuqori taraqqiyot bosqichidan oʻtgan. Lekin markazdan uzoqda joylashgani uchun keyingi davrlarda shoh hukumati Lankaronni Gilon viloyati tarkibiga kiritdi.
Bu davrda hududni boshqargan Amir Hamzani siqib chiqarish uchun shoh hukumati Lankaronga sarkarda Sariqxonni joʻnatdi. U viloyatda barcha isyonlarni bostirgach shoh viloyati unga tiyul berdi. Sariqxon Astarada yashasa ham uning oʻgʻillari Lankaronda yashagan va bu yerdan oʻlkani XVIII asr 20-yillarigacha boshqarganlar.
XVIII asr 20-yillarida Ozarbayjonning Kaspiy sohili viloyatlari, shu jumladan, Lankaron ham Rossiya mustamlakasiga aylandi. 1726-yilda chorizm mudofaa maqsadida bu yerda harbiy istehkom qurdirdi. Lekin ruslar bu yerda koʻp qola olmadilar. Resht shartnomasiga koʻra Lankaron qaytadan Nodirshoh hokimiyatiga oʻtdi. 1747-yil 9-mayda Nodirshoh oʻldirilgach, Ozarbayjonda xonliklar paydo boʻla boshladi.[9][10]
Lankaron XIX asrda
tahrirXIX asr boshlarida Lankaron shahri uch qismdan iborat edi va shahar markazi hisoblangan Qal’a devorlariga tayanar edi. Qal’adagi Rossiya ishgʻolidan soʻng harbiy garnizon oʻrnatildi, bir qator binolar kazarmalarga, lazaretga aylangandi. XIX asr 30-yillarida shaharda 441 uy va 440 ga yaqin fermer xoʻjaligi mavjud edi. XIX asr 50-yillarida esa shaharda turar-joy uylarining soni 833 ga yetdi.
XIX asr oxirlarida Lankaronda koʻchalar neft lampalari bilan yoritildi. Shahar ichimlik suvi bilan Lankaron daryosi hisobiga taʼminlanar edi. Shaharga suv quvuri 1913-yildagina oʻtkazildi.
Bu davrda aholining soni ham ortayotgan edi. Lankaronda barcha davrlarda erkaklar ayollardan 7-10% koʻp boʻlgan. 1897-yil maʼlumotiga koʻra shahar aholisining soni 8733 nafar edi. Bu yerda mahalliy aholi bilan birga ruslar, polyaklar, yahudiylar va boshqa millat namoyandalari yashar edilar. 1828-yilda Lankaronda harbiy garnizon raisi boshchiligida ikki zobit, chor hukumatining ragʻbatiga erishgan mahalliy beylardan ikki namoyandadan iborat kommendant usul idorasi tashkil qilindi. 1840-yil 1-yanvarda xususiy shahar politsiya idorasi tashkil topdi. 1840-yil 10-aprelda kommendant usul idorasi bekor qilindi. Lankaron 1846-yilda uezd sifatida avval Shamaxi gubernatorligiga, 1859-yilda esa Boku gubernatorligiga kiritildi.
XIX asr oxirlari XX asr boshlarida Lankaronda shahar hokimiyat idorasi (Dumasi) tuzildi.
Bu davrda shahar iqtisodiyotining asosiy sohalaridan biri hunarmandchilik edi. Tabiiy xomashyo boʻlgan oʻrmon materiallarining moʻlligi bu yerda baʼzi hunarmandchilik ancha avval paydo boʻlib rivojlanishiga sabab boʻlgandi. 1877-yilda Lankaronda 17 tikuvchi, 22 doʻppidoʻz, 9 etikdoʻz, 13 temirchi, 3 sarroj, 25 chilangar, 26 qishloq xoʻjaligi va maishiy mollarni tayyorlovchi, 2 misgar, 5 quruvchi faoliyat koʻrsatardi. XIX asrning 80-yillaridan eʼtiboran shahar iqtisodiyotida baliqchilik va oʻrmon materiallari ishlab chiqarilishi koʻproq sanoat xarakterini olardi.
Qishloq xoʻjaligi mashgʻulotlari orasida sholikorlik ustunlik qilardi. Bu bilan birga gʻallachilik ham rivojlanayotgan edi. XIX asrda Lankaronda shaharlashtirish rejalari tuzish boshlandi. 1833-yilda tartibga solingan va tasdiqlangan Lankaron qal’asi istehkomlarining bosh rejasi bu ishda muhim bosqich boʻldi. Shahar markazida rejalashtirishning tashkil etuvchi elementi kabi masjid va 117 doʻkondan iborat bozor joylashgandi.[9][10]
Toʻrt tarixiy boʻlinma
tahrirXIX-XX asr davomida qal’a maydoni hududining oʻzlashtirilishi natijasida janubiy va shimoliy chekka shaharlari muayyan darajada butun boʻlib, turli rejali qurilish boʻlgan toʻrt tarixiy boʻlinma tashkil topdi. Bular Qal’a, Katta bozor, Kichik bozor, Sutemurdov edi. Qal’a hozirgi B. Abbosov — Mir Mustafoxon koʻchalari va Lankaron daryosi sohili koʻchalari chegarasida joylashgan edi.
Katta bozor hozirgi B. Abbosov koʻchasi va janubi-gʻarbdan Lankaron daryosi sohili mahallasi bilan chegaralanardi. Katta bozor oʻz navbatida bir necha kichik mahallalardan iborat edi: Choriqchilar, Ohakchilar, Tojirlar, Ogʻalar, Tandirchilar va b.
Kichik bozor dengiz sohil boʻyi hozirgi Tofiq Ismoilov va Sattorxon koʻchalari orasida joylashgan edi. Bu yerga qal’a maydoni va unga birlashgan erkin rejali kvartallarning shimoliy chekka shahari ham kirar edi. Bu yerda quyidagi mahallalar mavjud edi: Tosh Koʻprik, Karajivanlar, Ipakchilar va Forshtat (nemischa shahardan chetda maʼnosida).
Sutemurdov dengiz sohilini qamrab olgandi. Bu yerda asosan kelgindi, vazifali ruslar va ozarbayjonlar yashar edilar. Lankaron XX asr boshlarida Shusha, Sheki va Guba bilan solishtirilganda ham rivojlangan shahar xoʻjaligiga, ham xususiy obodonchilikka koʻra tanlanar edi. Lankaronda arxitektura boʻyicha koʻpgina qiziqarli uylar va diniy binolar barpo etilishiga qaramay, Boku gubernatorligining shtatli shahari hisoblanardi.[9][10]
-
Lankaran qal’asi
-
Lankaran qal’asiga hujum qilqan Rossiya qoʻshinlari, 13-yanvar 1813-yil
Geografiyasi va iqlimi
tahrirOy | Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | İyun | İyul | Avqust | Sentyabr | Oktyabr | Noyabr | Dekabr | Yil | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻrta temperatura(°C) | 3 | 4 | 7 | 11 | 17 | 22 | 25 | 24 | 21 | 16 | 10 | 6 | 14 | |
Oʻrta yogʻingarchilik(mm) | 60 | 50 | 110 | 60 | 10 | 80 | 20 | 50 | 190 | 230 | 140 | 60 | 1130 | |
Manba: www.weatherbase.com[11] |
Lankaronda atmosferik yogʻingarchilik
tahrirYogʻingarchilik va sellarning taqsimotida tabiiy zonalarning balandlikka bogʻliq ravishda navbatda boʻlishida oʻziga xosligi bilan ajralib turuvchi, aholi zichligining toʻxtovsiz ortgan, ijtimoiy muammolar koʻpaygan, lekin kuchli taraqqiyot uchun katta tabiiy zahiralarga ega boʻlgan Lankaron viloyatida atmosferik yogʻingarchiliklarning yillik davomida 2 maksimum va 1 minimum hisoblanadi. Birinchi zaif deb ifodalangan maksimum bahor oylarida kuzatiladi. Mart oyidan soʻng yogʻingarchilikning kamayishi nisbatan kamayadi va iyul oyida barcha meteorologik mintaqalarda yillik minimum kuzatiladi. Bu oydan soʻng yogʻingarchilik sezilarli darajada koʻpayadi va kuz oylarida oydin ifodalangan ikkinchi — asosiy maksimum yaranadi.
Aholi
tahrir1-yanvar 1885-yilda Lankaron shahrida har ikki jinsdan jami aholi soni 5.559 nafar boʻlgan.[12]
Taniqli shaxslar
tahrir- Anar Habiboʻgʻli — Ozarbayjon shoiri, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
- Janali Akbarov — Xonanda, aktyor. Ozarbayjon xalq artisti.
- Joʻshqin Akbarov — aktyor.
- Eʼtibor Valiyev — Ozarbayjon shoiri va publitsisti, Prezident stipendianti. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Ozarbayjon Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi. „Oltin qalam“ mukofoti laureati.
- Elnur Kalbizoda — tarix falsafasi doktori, tarixchi.
- Abdul Qosimov — Ozarbayjonning taniqli gidrobiolog olimi.
- Abulfayz Rajabli — turkolog; umumiy tilshunos; filologiya fanlari doktori; professor.
- Asadbey Talishxonov — Rossiya Imperator qoʻshinida general-mayor.
- Ayyub Mammadov — Jurnalist, rejissor.
- Aziz ogʻa Talishinskiy — Tibbiyot fanlari doktori, professor.
- Faiq Ogʻayev — Ozarbayjon estrada xonandasi, Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti.
- Fariz Ismoilzoda — Ozarbayjon Diplomatik Akademiyasi ijrochi vitse-rektori, Davlat Test Markazi direktorlar Kengashi aʼzosi.
- Farmon Quliyev — Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
- Gulogʻa Mammadov — Taniqli Ozarbayjon xonandasi, Ozarbayjon SSR xalq artisti
- Hodi Rajabli — Ozarbayjon Milliy Majlisi aʼzosi.
- Habib Safarov — Ozarbayjon shoiri, „Lankaron“ sheʼri muallifi.
- Haqiqat Rizayeva — Xonanda (soprano), pedagog. Ozarbayjon xalq artisti, Ozarbayjon sahnasiga chiqqan ilk ayol xonandalardan.
- Hazi Arslonov — 2 marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, general-mayor.
- Xalilbey Talishxonov — Rossiya Imperator qoʻshinida general-mayor.
- Komil Najafzoda — Ozarbayjon ijodiy kino rassomi, SSR da xizmat koʻrsatgan rassom, Ozarbayjon xalq rassomi, Davlat Mukofoti laureati — (ikki marta).
- Muharram Quliyev — Agstafa viloyati hokimi
- Mammadsodiq Abdullayev — Anatom, Gistolog, Tibbiyot fanlari doktori, professor, xizmat koʻrsatgan ilmiy xodim.
- Mir Askarxon Talishinskiy — taniqli ijtimoiy xodim, talishxanovlar naslining koʻzga koʻringan namoyandalaridan, huquqshunos, xayriyachi.
- Mir Hasanxon — Lankaron xonligi (1812-1826) hokimi.
- Mir Ibrohimbey Talishinskiy — Ozarbayjon harbiyi, general-mayor.
- Mir Mustafoxon — Talish xoni (1786-1814).
- Mirbobo Boboyev — Fizika-matematika fanlari doktori.
- Mirhoshim Talishli — filologiya fanlari doktori.
- Mirkozimbey Talishxonov — Rossiya Imperator qoʻshinida general-mayor.
- Mirmammad Javadzoda — Doktor-urolog.
- Munavvar Kalantarli — SSSR davlat mukofoti laureati, xizmat koʻrsatgan artist.
- Mushfiq Shohberdiyev — Ozarbayjon aktyori, ssenariy muallifi, kulgi ustasi.
- Nozim Abbos — Rejissor. Ssenariy muallifi. Aktyor. Gʻoya muallifi. Filmlarda ishtirok etgan. Badiiy rahbar, suflyor.
- Nazir Aliyev — Ozarbayjon Respublikasi xizmat koʻrsatgan artist.
- Oqtay Oruchov — Ssenariy muallifi. Kino redaktori.
- Rufat Quliyev — Ozarbayjon Milliy Majlisi aʼzosi.
- Samadbey Mehmondorov — Rossiya Imperator qoʻshinida artilleriya generali, Ozarbayjon Xalq Respublikasi mudofaa vaziri, sovet harbiy xodimi.
- Simuzar Baxishli — Shoir-publitsist, Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, „Oltin qalam“ mukofoti laureati.
- Sudeyf Rahimov — Gidrotexnik melioratsiya muhandisi.
- Shakar Arslon — Shoir, dramaturg, jurnalist, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Ozarbayjon Jurnalistlar Uyushmasi „Oltin Qalam“ mukofoti laureati.
- Tayyub Nosirov — 3-darajali davlat maslahatchisi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori.
- Vaqif Nagʻiyev — Texnika fanlari doktori, professor, akademik, tibbiy xizmati general-mayori.
- Yolchin Rizozoda — Ozarbayjon xonandasi, Ozarbayjon Respublikasi xalq artisti, Ozarbayjon madaniyat va tasviriy sanʼati universiteti vokal va pop musiqa kafedrasi mudiri.
- Yashar Rizayev — Filologiya boʻyicha falsafa doktori, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
- Zaur Rizayev — Ozarbayjon qurolli kuchlari generali.
Qoʻriqxonalar
tahrirViloyatda Hirkan Milliy parki va Qizilogʻoch davlat tabiat qoʻriqxonasi bor. Hirkan milliy parkida tabiatning eng qadimiy va nodir oʻsimlik hamda daraxtlari oʻsadi. Hirkan davlat qoʻriqxonasi 1936-yilda yaratilgan, 2004-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev farmoni bilan milliy park deb eʼlon qilindi. Hirkan milliy parkida kiyik, yovvoyi toʻngʻiz, xol-xolli jayron va boshqa oʻrmon hayvonlari yashaydi. Park relikt va endemik oʻsimliklarga boy.
Hamdoʻst shaharlar
tahrirSport
tahrirToshish
tahrir-
Lankaron aeroporti
-
Poezd stantsiyasi
-
Lankaranda dengiz chiroqlari
Yana qarang
tahrir- Lankaron uezdi (ozar.)
- Talish xonligi (ozar.)
Xorijiy oʻtishlar
tahrir- Lankaron tuman hokimiyati (Wayback Machine saytida 2018-02-11 sanasida arxivlangan)
Manbalar
tahrir- ↑ İcra hakimiyyətinin başçısı, 2017-12-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-10
- ↑ Rayon haqqında
- ↑ Əhalisi
- ↑ 4,0 4,1 „AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI LƏNKƏRAN ŞƏHƏR İCRA HAKİMİYYƏTİ“. 2018-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
- ↑ Azərbaycanın avtomobil kodları haqqında tam informasiya — SİYAHI
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Population statistics of Eastern Europe
- ↑ B.Ə.BUDAQOV, N.G.MƏMMƏDOV. AZƏRBAYCANIN LƏNKƏRAN REGİONU TOPONİMLƏRİNİN İZAHLI LÜĞƏTİ
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 Azərbaycan Milli Elmlər Akademiyasının Tarix İnstitutu, 2018-02-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-10
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 Ishaq Axundov XATIRƏLƏRIMDƏ YAŞAYAN LƏNKƏRAN (PDF), 2018-02-11da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2018-02-10
- ↑ www.weatherbase.com
- ↑ Kavkazskiy Statisticheskiy komitet. Ye.Kondratenko. 1886. „Kavkazskiy kalendar na 1887 god“, str. 193
- ↑ Ajans[sayt ishlamaydi]-İskenderunʼda kurtuluş coşkusu adlı haber, 02.11.2008 tarihinde erişilmiştir.
- ↑ Goroda SShA i Azerbaydjana stali pobratimami — FOTO: Politika, 27-iyunya 2011
- ↑ Lənkəran İtaliyanın Çerveteri şəhəri ilə qardaşlaşmış şəhər elan edilib
Vikiomborda Lankaron haqida turkum mavjud |