Lapinjärvi cherkov qishlogʻi (shuningdek, Lapinjärvi nomi bilan ham tanilgan; fin: Lapinjärven kirkonkylä, shvedcha: Lappträsk Kapellby) — Finlandiyaning Uusimaa viloyatidagi Lapinjärvi munitsipalitetining eng yirik qishlogʻi va maʼmuriy markazi. Qishloqdan janubdagi Loviisa shaharchasigacha boʻlgan masofa 23 kilometr (14 mi)ni tashkil etadi.

Lapinjärvi

fin: Lapinjärven kirkonkylä
shvedcha: Lappträsk Kapellby
Munitsipalitet markazi
Skyline of Lapinjärvi
60°37′25″N 26°11′50″E / 60.62361°N 26.19722°E / 60.62361; 26.19722
Mamlakat Finlandiya
Aholisi
 (2020-12-31)
706
Lapinjärvi xaritada
Lapinjärvi
Lapinjärvi

Lapinjärvi qishlogʻida Lapinjärvi munitsipalitetining koʻpgina idoralari va munitsipal zallari joylashgan boʻlib, u yerda fin va shved tillarini oʻqitadigan boshlangʻich maktablar ham ishlaydi. Cherkov qishlogʻidagi diqqatga sazovor joylardan biri Kycklings oʻlkashunoslik muzeyidir[1]. Cherkov qishlogʻi hududida ikkita cherkov va ikkita qabriston mavjud[2][3].

Manbalar

tahrir
  1. Christer Kuvaja & Mikael Korhonen. Lapinjärven historia (fincha), 1995 — 346, 646-bet. ISBN 952-90-6913-8. 
  2. Lapinjärven kirkko — Agricolan seurakunta (in Finnish)
  3. Lapinjärven pikku kirkko — Agricolan seurakunta (in Finnish)

Havolalar

tahrir