Laptevlar dengizi
Laptevlar dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi.
| |
Koordinatalari | 76°16′7″N 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E |
Okean tipi | dengiz |
Havzaga aloqador oʻlkalar | Rossiya |
Yuzasi | 700,000 km2 (270,000 kv mi) |
Oʻrtacha chuqurligi | 578 m (1,896 ft) |
Eng katta chuqurligi | 3,385 m (11,106 ft) |
Suv hajmi | 403,000 km3 (3.27×1011 acre⋅ft) |
Manbalar | [1][2][3] |
Joylashuvi
tahrirJanubdan Osiyo qirgʻoqlari, gʻarbdan Taymir yarim oroli va Severnaya Zemlya orallari, sharqdan Novosibirsk orallari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan.
Tavsifi
tahrirMaydoni 700,000 km2 (270,000 kv mi). Dengizning oʻrtacha chuqurligi 50 m ni, maksimal chuqurligi esa 3385 m ni tashkil etadi. Yirik qoʻltiqlari:
- Xatanga
- Olenek
- Buor-Xaya
Dengizning gʻarbiy qismida orollar koʻp. Dengizga Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolarning suvi quyiladi.
Iqlimi
tahrirLaptevlar dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanvardagi oʻrtacha harorat —31°, —34° (minimum harorat —50°), iyulniki 6—7° (maksimum harorat 24°) ni tashkil etadi. Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplangan holda yotadi.
Hayvonot dunyosi
tahrirMorj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa jonivorlar yashaydi. Asosiy porti — Tiksi porti hisoblanadi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D.Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga shunday deb nomlangan[4]
Manbalar
tahrir- ↑ Laptev Sea, Great Soviet Encyclopedia (in Russian)
- ↑ Laptev Sea, Encyclopædia Britannica on-line
- ↑ A. D. Dobrovolskyi and B. S. Zalogin Seas of USSR. Laptev Sea, Moscow University (1982) (in Russian)
- ↑ "Laptevlar dengizi" OʻzME. L-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |