Laringofon (laringo... va fon) — hiqildoqqa tegib turadigan qilib taqiladigan mikrofon; hiqildoq boylamlari va togʻaylarining mexanik tebranishlarini elektr tebraninshlariga aylantiradi. Odatda, boshga kiyiladigan shlemofon bilan birga shlem tasmalariga oʻrnatilib, hiqildoqning ikki tomonida turadi. Shovqinli sharoitda, odatdagi mikrofondan foydalanib boʻlmaydigan joylarda (samolyot, tank va boshqalarda) radio yoki telefon orqali gaplashishda ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil