Larry Henderson
Larry Henderson (talaffuzi: Lerri Xenderson; 1917-yil 4-sentabr — 2006-yil 26-noyabr) — CBC telekanalidagi The National News koʻrsatuvining doimiy yangiliklarni oʻquvchi birinchi boshlovchi. Keyinchalik koʻrsatuv 1954—1959-yillarda The National deb nomlangan. U Quebecning Monreal shahrida tugʻilgan[1].
Larry Henderson | |
---|---|
Tavalludi |
4-sentyabr 1917-yil |
Vafoti |
26-noyabr 2006-yil (89 yoshda) London, Ontario, Kanada |
Fuqaroligi | Kanada |
Kasbi | Reportyor, aktyor, yangiliklar dasturi boshlovchisi, yozuvchi. |
Boshlovchilik faoliyati
tahrirHenderson Mavor Mur tomonidan CBC televideniyasining birinchi doimiy milliy yangiliklar boshlovchisi sifatida tanlangan. Ilgari yangiliklar turli boshlovchilar tomonidan besh daqiqadan oʻqib chiqilar edi. 1954-yil oxiriga kelib milliy yangiliklar translyatsiyasi kuniga ikki marta 15 daqiqagacha kengaytirildi.
Henderson oʻzining jahldorligi bilan tanilgan. Rejissor tezlikni oshirishga ishora qilganda, efirda soʻkinar yoki oʻqishini tushunarsiz darajada tezlashtirardi. Bir marta Henderson yangilik uchun efir boshlangan paytida suratga olish maydonidan chiqib ketgan.
Aktyorlik faoliyati
tahrirHenderson Monrealda tugʻilgan va McGill universitetida oʻqigan. Unversitetda musiqadan tahsil olgan. 1936-yilda u aktyor boʻlish umidi bilan Angliyaga sayohat qilgan. Londonda u London Iqtisodiyot maktabida tahsil olgan. Soʻng oʻqishini Shveysariyaning Jeneva shahridagi Magistratura maktabida aspiranturada tahsil olish bilan davom ettirgan[2]. Henderson Angliyadagi repertuar teatrida uch yil davomida „Doktor Faust“ filmida bosh rolni shuningdek, „Romeo va Julietta“da Mercutio rolini ijro etgan.
1940-yilda u Kanadaga qaytib keladi va Kanada teleradiokompaniyasining yangiliklar boʻlimi xodimlariga qoʻshiladi. 1943- yilda Ikkinchi Jahon urushi paytida u Shimoliy Afrika va Italiyada signal korpusida xizmat qilgan Kanada armiyasiga qoʻshiladi[3]. Urushdan keyin Henderson yana CBC telekanaliga ishga kirdi. Larry teleradiokompaniyalarga aktyor sifatida ishlash uchun ariza topshiradi.
Larry 1950-yilda urush boshlangan mamlakatda olti hafta davom etgan Koreya urushini yoritgan birinchi Kanada reportyori edi. Shuningdek, CBC-ning „Pasport to Adventure“ shousini olib borgan.
1954-yilda u Kanadaga qaytib, mamlakatning Edvard Murrouga javob berishi umidida CBC televideniyasida oʻz oʻrnini egalladi. Henderson deyarli besh yil davomida eshittirish olib boradi.
1959-yilda Henderson CHFI-FM va CHCH-TVda ishlash uchun CBCni tark etdi. Keyinchalik u CTV National News telekanaliga xalqaro aloqalar boʻyicha ekspert va hafta oxiri yangiliklari boshlovchisi sifatida qoʻshildi. Larry bir necha yil oʻtgach, xalqaro masalalar boʻyicha maʼruza qilish va kitoblar yozish uchun u yerdan ketgan va Torontodagi Larry Henderson televizion maktabiga asos solgan. 1970-yillarda Henderson Tanzaniyaga tayinlangan Kanada Xalqaro taraqqiyot agentligiga kirdi. U yerda mamlakatning milliy radioeshittirish tizimini tashkil qilishda yordam berdi.
1973-yilda Larry Katolik registriga yozishni boshladi. Keyingi yili uning muharriri boʻldi. U 1986-yilda nafaqaga chiqishidan oldin maoshini 30 000 dollardan 60 000 dollargacha oshirib, gazetani qayta tikladi. Uning rahbarligida gazeta Kanadadagi abortga qarshi harakatning yetakchi ovoziga aylandi. U 2002-yilda ushbu korxonadan nafaqaga chiqqan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ "LARRY HENDERSON, BROADCASTER AND EDITOR: 1917-2006", Langan, F F., The Globe and Mail, [Toronto, Ont] 28 Nov 2006: S.9.
- ↑ „Catholic Insight : Biographies : Larry Henderson: Journalist“. 2006-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-iyun.
- ↑ „Larry Henderson. - Free Online Library“.
- ↑ „Catholic Insight : Biographies : Larry Henderson: Journalist“. 2006-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 28-iyun.