Lars Bender
Lars Bender (talaffuzi: Lars Bender[3][4]; 1989-yil 27-aprelda tugʻilgan) — sobiq nemis professional futbolchisi, oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. Sven Benderning egizak akasi[5][6].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Lars Bender[1] | ||
Tavallud sanasi | 27-aprel 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Rosenheim, Gʻarbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.85 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1993—1999 | TSV Brannenburg | ||
1999—2002 | SpVgg Unterhaching | ||
2002—2006 | 1860 Munich | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2009 | 1860 Munich | 58 | (4) |
2009—2021 | Bayer Leverkusen | 256 | (22) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2005—2006 | Germaniya U17 | 9 | (1) |
2007—2008 | Germaniya U19 | 9 | (2) |
2009 | Germaniya U20 | 1 | (1) |
2010 | Germaniya U21 | 1 | (0) |
2011—2014 | Germaniya | 19 | (4) |
2016 | Germaniya olimpiada terma jamoasi | 6 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2022- | Germaniya (U15) (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (23-yanvar uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (18-noyabr 2014-yil uchun) |
Klublardagi faoliyati
tahrirIlk faoliyati
tahrirLars Bender 1993-yildan 1999-yilgacha TSV Brannenburg yosh toifasidagi jamoasida oʻynagan, 1999-yildan 2002-yilgacha SpVgg Unterhaching yoshlar jamoalari tarkibida boʻlgan. 2002-yil yozida 1860 Munich yoshlar jamoasiga oʻtdi.
1860 Munich
tahrir2006-yil 27-noyabrda 17 yoshida 2. Bundesliga da TuS Koblenzga qarshi uy oʻyinida 1860 Munich safida debyut qildi. Ilk mavsumida 13 ta oʻyin oʻtkazdi, shulardan 9 tasi asosiy tarkibda. Yangi mavsumning birinchi kunidayoq gol urdi. Bender 2008—2009-yilgi mavsumni yana oddiy futbolchi sifatida boshladi. 2008-yil 3-oktyabrda Frankfurtga qarshi ikkinchi liga oʻyinida sardorlikni qabul qilib oldi va 19 yoshida 1860 Munich tarixidagi eng yosh sardor boʻldi. 20-oktyabrda jiddiy jarohat oldi. Oʻsha mavsumda atigi 15 ta oʻyin oʻtkazgan. Uchta mavsumda 1860 Munichda 2.Bundesliga doirasida 58 oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan.
Bayer 04 Leverkusen
tahrir2009-yilning 18-avgustida Bender Leverkusenning Bayer klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bundesliga 6-turda zaxiradan maydonga tushib debyut qilgan. Bayer Leverkusendagi birinchi mavsumida 20 ta oʻyinda oʻynagan boʻlsada, koʻpchiligida zaxiradan foydalanilgan. Bundesligadagi ilk golini 16-sentyabr kuni Frankfurtning „Eintracht“ darvozasiga kiritdi va yakunda 4:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[7]. Keyingi mavsumda 27 oʻyin oʻtkazdi va uchta gol urdi. 2011—2012-yilgi mavsum davomida aksariyat oʻyinlarda oʻynagan. 2012-yilning bahorida jarohat olgan. 2012-yil 21-martida Bender Leverkusen bilan 2018-yilgacha yangi shartnoma imzoladi[8]. Bundesliganing 2012—2013-yilgi mavsumida 33 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2013-yilning 31-oktyabrida Leverkusen bilan shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi[9].
Bender soʻnggi professional oʻyinini 2021-yil 22-mayda, Bundesliganing 2020—2021-yilgi soʻnggi turida oʻtkazdi, unda Leverkusen Dortmundning „Borussia“ siga qarshi oʻynadi[10].
Xalqaro faoliyati
tahrirBender Yevro-2012 uchun Germaniya terma jamoasining 23 kishilik tarkibiga tanlandi. Daniyaga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinda 80 daqiqada oʻynadi[11]. 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun vaqtinchalik 30 kishilik tarkibiga kiritilgan, biroq 23-may kuni mashgʻulotlarda sonidan jarohat olgani sababli tark etgandi[12]. 2014-yil oxirida Germaniya terma jamoasi safida soʻnggi oʻyinlarini oʻtkazdi[13].
Murabbiylik faoliyati
tahrir2022-yilning iyun oyida Germaniya futbol assotsiatsiyasi uni Germaniya U15 terma jamoasiga yangi yordamchi murabbiy etib tayinladi[14].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 22-may, 2021-yilgi holat boʻyicha
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | Manba | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
1860 Munich II | 2006—2007 | Regionalliga Süd | 9 | 1 | — | — | 9 | 2 | [15] | ||
1860 Munich | 2006—2007 | 2. Bundesliga | 13 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 | [15] | ||
2007—2008 | 28 | 1 | 3 | 0 | 31 | 1 | [16] | ||||
2008—2009 | 15 | 3 | 2 | 0 | 17 | 3 | [17] | ||||
2009—2010 | 2 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | [18] | ||||
Jami | 58 | 4 | 6 | 0 | — | 64 | 4 | — | |||
Bayer Leverkusen II | 2009—2010 | Regionalliga West | 2 | 0 | — | 2 | 0 | [18] | |||
2010—2011 | 1 | 0 | 1 | 0 | [19] | ||||||
Jamis | 3 | 0 | — | 3 | 0 | — | |||||
Bayer Leverkusen | 2009—2010 | Bundesliga | 20 | 1 | 1 | 0 | — | 21 | 1 | [18] | |
2010—2011 | 27 | 3 | 2 | 0 | 12 | 0 | 41 | 3 | [19] | ||
2011—2012 | 28 | 4 | 1 | 0 | 8 | 1 | 37 | 5 | [20] | ||
2012—2013 | 33 | 3 | 3 | 0 | 5 | 0 | 41 | 3 | [21] | ||
2013—2014 | 29 | 3 | 4 | 1 | 6 | 0 | 39 | 4 | [22] | ||
2014—2015 | 26 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | 35 | 1 | [23] | ||
2015—2016 | 11 | 1 | 2 | 1 | 4 | 0 | 17 | 2 | [24] | ||
2016—2017 | 9 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 12 | 0 | [25] | ||
2017—2018 | 21 | 2 | 3 | 1 | — | 24 | 3 | [26] | |||
2018—2019 | 20 | 1 | 2 | 0 | 5 | 0 | 27 | 1 | [27] | ||
2019—2020 | 18 | 2 | 2 | 0 | 8 | 0 | 28 | 2 | [28] | ||
2020—2021 | 14 | 1 | 2 | 1 | 4 | 0 | 20 | 2 | [29] | ||
Jami | 256 | 22 | 24 | 4 | 62 | 1 | 342 | 27 | — | ||
Jami faoliyati | 313 | 27 | 29 | 3 | 62 | 1 | 418 | 32 | — |
Xalqaro gollar
tahrir- Gollar va natijalar birinchi navbatda Germaniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2012-yil 17-iyun | Arena Lvov, Lvov, Ukraina | Daniya | 2 — 1 | 2 — 1 | UEFA Yevro 2012 |
2. | 2013-yil 29-may | FAU stadioni, Boka Raton, AQSH | Ekvador | 2 — 0 | 4 — 2 | Doʻstona |
3. | 3 — 0 | |||||
4. | 2013-yil 14-avgust | Fritz-Valter-Stadion, Kayzerslautern, Germaniya | Paragvay | 3 — 3 | 3 — 3 |
== Yutuqlari ==; Germaniya yoshlari terma jamoasi
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2008-yil
- Yozgi Olimpiya oʻyinlari: Kumush medal, 2016-yil
Individual
- Fritz Walter medali: U17 oltin medali, 2006-yil
- 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining „Oltin oʻyinchisi“: 2008-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „L. Bender“. Int.soccerway.com. Qaraldi: 7-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Archived copy“. 29-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
- ↑ Dudenredaktion. Das Aussprachewörterbuch, 7th (de), Berlin: Dudenverlag [First published 1962], 2015 — 227, 544-bet. ISBN 978-3-411-04067-4.
- ↑ Krech, Eva-Maria. Deutsches Aussprachewörterbuch (de). Berlin: Walter de Gruyter, 2009 — 363, 690-bet. ISBN 978-3-11-018202-6.
- ↑ Uersfeld, Stephan. „Bender twins reunited at Leverkusen“ (inglizcha). ESPN (13-iyul 2017-yil). Qaraldi: 31-iyul 2020-yil.
- ↑ Uersfeld, Stephan. „Bender twins ready for showdown“. ESPN FC (1-fevral 2013-yil). Qaraldi: 31-iyul 2020-yil.
- ↑ „Spielbericht Bayer Leverkusen – Eintracht Frankfurt 4:0 (3:0)“ (olmoncha). fussballdaten.de. Qaraldi: 29-oktabr 2010-yil.
- ↑ „Lars Bender verlängert vorzeitig bis 2017“. Bayer 04 Leverkusen (21-mart 2012-yil). 21-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-may 2014-yil.
- ↑ „Bayer 04 verlängert mit Lars Bender bis 2019“ (olmoncha). Bayer 04 Leverkusen (31-oktabr 2013-yil). 2-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-oktabr 2013-yil.
- ↑ Arnhold. „Lars Bender – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
- ↑ John Atkin. „German joy signals despair for Denmark“. UEFA (17-iyun 2012-yil). Qaraldi: 13-may 2014-yil.
- ↑ „World Cup 2014: Injured Lars Bender out of Germany squad“. BBC Sport (23-may 2014-yil). Qaraldi: 23-may 2014-yil.
- ↑ Arnhold. „Lars Bender – International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (17-iyun 2021-yil). Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
- ↑ „U 16-JUNIOREN“ (olmoncha). dfb.de. Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ 15,0 15,1 „Lars Bender | 1860 München II | Regionalliga Süd (2000—2008) | 2006/07 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | 1860 München | 2. Bundesliga | 2007/08 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | 1860 München | 2. Bundesliga | 2008/09 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ 18,0 18,1 18,2 „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen II | Regionalliga West (2008—2012) | 2009/10 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ 19,0 19,1 „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen II | Regionalliga West (2008—2012) | 2010/11 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2011/12 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2012/13 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2013/14 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2014/15 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 26-avgust 2014-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2015/16 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 23-avgust 2015-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2016/17 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2017/18 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 17-fevral 2018-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2018/19 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 5-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2019/20 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 11-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Lars Bender | Bayer 04 Leverkusen | Bundesliga | 2020/21 | Spielerprofil“ (olmoncha). Qaraldi: 13-sentabr 2020-yil.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Kicker profile (olmoncha)
- Bundesliga profile