Las-palmas — Ispaniyadagi shahar, Kanar orollari tarkibidagi Gran-Kanariya orolda. Las-Palmas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 352,6 ming kishi (1998). Transatlantika aloqalarining muhim tranzit punkti. Xalqaro ahamiyatdagi kema tuzatish va taʼmirlash markazi va bunker bazasi. Baliq ovlanadi. Meva-konserva va baliqni qayta ishlash korxonalari, sanʼat muzeyi bor. Dengiz boʻyi iqlim kurorti. Shaharga 1478-yilda asos solingan. 15-asrga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil