Laskidon — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan qishloq.

Etimologiyasi

tahrir

Qishloq nomlanishi xususida hech qanday manbalar mavjud emas. Ayrim maʼlumotlarga koʻra mazkur hududda oʻsimlik oʻsmagan. Lekin keyinchalik insonlar koʻchib kelib, suv chiqarishgan va dehqonchilik bilan shugʻullana boshlashgan. Hosil kutilganidan koʻra serob boʻlgan. Shundan soʻng, aholi bu hududga „asl don“ yetishtiriladigan manzilgoh deb atashgan. „Laskidon“ nomi ayni mana shu „asl don“ soʻzining yillar davomida oʻzgarishi natijasida paydo boʻlgan, degan tahminlar mavjud[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 106-bet.