Latif Obidovich Fayziyev (1929.2.1 – Toshkent – 1994.21.10) – kinorejessiyor Oʻzbekiston xalq artisti (1979). Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Moskvadagi kinematografiya institutini tugatgan (1950). 1941—1945 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. 1950-yildan „Oʻzbekfilm“da rejissyor 1986—1989 yillar Hamza teatrida bosh rejissyor 20 ga yaqin hujjatli xronikal filmlar („Amudaryo“, 3 qismli, „Toshkent fontanlari“, „Dekameron 76“, „Chinor haqida afsona“, „Derazalar uchun yasalgan kiprik“ va boshqalar) yaratgan. „Boy ila xizmatchi“ F.ning birinchi badiiy filmidir. „Amirlikning yemirilishi“, (birinchi oʻzbek rangli filmi) „Qutlugʻ qon“, „Natashaxonim“ (birinchi oʻzbek keng ekranli rangli filmi), „Ikkinchi bor gullash“, „Sinchalak“, „Ulugʻbek yulduzi“, „Vatan oʻgʻlonlari“; „Alibobo va qirq qaroqchi“, „Sevgi afsonasi“, „Ovchi“ (uchchalasi hindlar bilan hamkorlikda), „Oltin junli qoʻy terisi“ (sarguzasht film), „Uygʻonish“, „Taqdir eshigi“ kabi filmlari oʻzbek kinosi rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Fayziyev oʻzbek kinosida filmbaletga asos solganlardan: „Temur Malik“, „Moviy saroy oshiklari“, „Jonlangan miniatyuralar“, „Eski qalʼa afsonasi“ va boshqa „Tojikfilm“da „Uch palma daraxti“, „Gang uzra tong“ (hindlar bilan xamkorlikda) filmlarini yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). „Shuxrat“ medali bilan mukofotlangan (1994).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil