Paxtatikan
(Lattatikandan yoʻnaltirildi)
Paxtatikan (Cirsium ochrolepideum) — murakkab-guldoshlarga mansub ildizbargili koʻp yillik oʻt. Poyasi tik, yukrri qismi sershox, serbarg, boʻyi 40-100 sm. Barglari nashtarsimon, bandsiz, arrali, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Iyun-sentabrda gullab mevalaydi. Mevasi uchmali urugʻ. Asosan, ildiz bachkilari, ildiz boʻlaklari, shuningdek, urugʻidan koʻpayadi. Yoʻqotish qiyin begona oʻt hisoblanadi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik yerlarida keng tarqalgan. Paxtazor, sabzavot-poliz, donli ekinlar va beda orasida uchraydi. Kurash choralari: yerni ketmaket ishlash bilan ildizlarini kesib, oziqdanishini susaytirish; kuzgi shudgorgacha 2,4 -D amin tuzi, don ekinlarida esa 2,4-D gerbitsidlarini purkash[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |