Latviya madhiyasi
«Dievs, svētī Latviju!» (oʻzb. «Tangrim, Latviyani qoʻlla!») — Latviya Respublikasining davlat madhiyasi hisoblanadi.
oʻzbekcha: «Tangrim, Latviyani qoʻlla!» | |
---|---|
Latviya davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Karlis Baumanis |
Bastakor | Karlis Baumanis, 1873-yil |
Qabul qilindi | 1920-yil, 7-iyun |
Madhiya soʻzlari va musiqasi Latviyaning eng mashhur shoir va bastakorlaridan biri — Karlis Baumanis tomonidan 1873-yilda yaratilgan. Ushbu madhiya ilk bor 1873-yilning yozida Rigada boʻlib oʻtayotgan birinchi umumxalq qoʻshiqlar bayramida yangragan. 1920-yilning 7-iyun kuni ushbu madhiya Latviya Respublikasi davlat madhiyasi deb rasman eʼlon qilindi.
Latviyani Sovet Ittifoqi bosib olganidan keyin 1940-1990-yillarda Latviya hududida «Latviya SSR madhiyasi» ishlatib kelingan. Latviya mustaqillikga erishganidan soʻng yana ushbu madhiya qoʻllanila boshlandi va rasman davlat madhiyasi deb eʼlon qilindi.
Madhiya matni
tahrirLatish tilida
tahrir- Dievs, svētī Latviju,
- Mūs' dārgo tēviju,
- Svētī jel Latviju,
- Ak, svētī jel to!
- Kur latvju meitas zied,
- Kur latvju dēli dzied,
- Laid mums tur laimē diet,
- Mūs' Latvijā!
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrir- Tangrim, Latviyani qoʻllagin,
- Bizning aziz vatanimizni,
- Ha, qoʻlla Latviyani,
- Ha, qoʻlla uni!
- Latviya qizlari gullar,
- Latviya oʻgʻillari kuylar,
- Bizni shodlikda oʻynashga ber,
- Latviyamizda!
Manbalar
tahrir- Likums «Par Latvijas valsts himnu»
- Latviya madhiyasi (mp3) (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)