Lavh oʻqish vaqtida ustiga kitob, nota ochib qoʻyiladigan maxsus kursicha (taglik). Odatda, lavh taxtadan ishlangan. Samarqandda Bibixonim masjidining hovlisida, Toshkentdagi Temuriylar davri tarixi davlat muzeyida marmardan ishlangan katta lavh bor. Lavh ishlash anʼanalari oʻzbek xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligida saqlanib qolgan. Lavhning bugungi kundagi vazifasi oʻzgarib, u muzey ekspozitsiyasi, oʻzbek xalq amaliy sanʼatining esdalik sovgʻa namunasiga aylangan[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil