Laxmiylar qirolligi (arabcha: اللخميون; arab tilida al-Manādhirah ham deyiladi) – janubiy Iroq va Sharqiy Arabistondagi milodiy III asr oxiridan milodiy 602-yilgacha mavjud boʻlgan arab qirolligi. Poytaxti Al-Hira. Davlatni Laxmidlar sulolasi boshqargan. Ular umuman olganda vaqti-vaqti bilan Sosoniylar imperiyasining ittifoqchilari aylangan hamda Rim—Fors urushlarida ishtirok etgan. Hukmron sulolalarga nisbatan ham „Laxmiylar“ atamasi qoʻllanilgan boʻlsa-da, keyingi davrdagi olimlar Nasriylar deb atashni afzal koʻradi[1].

Nasriylar sulolasi hokimiyati Al-Bahrayn va Al-Yamama shahridagi arab ittifoqchilariga ham oʻtgan[2]. Xusrav II Nasriylarning soʻnggi hukmdori An-Noʻmon III ni taxtdan agʻdargan va qatl qilganida, uning Najddagi arab ittifoqchilari qurollanib, Dhi Qar jangida sosoniylarni magʻlub etishgan. Bu esa sosoniylarning Sharqiy Arabiston ustidan nazoratni yoʻqotishiga olib keldi[2]. Dhi Qardagi gʻalaba arablarda yangi davrning boshlanishi deb hisoblangan ishonch va gʻayrat uygʻotdi[3][4].

Laxmiylar tarixining nomenklaturasi va muammolari

tahrir

Laxmid qirolligining tabiati va oʻziga xosligi hamon koʻp jihatdan nomaʼlumligicha qolmoqda. Hukmron Nasriylar oilasi „Laxm Amri“ nomi bilan vujudga kelgan. Nom uchinchi asrning oxirlaridagi Paikuli yozuvlarida Sosoniylar imperiyasining vasallari orasida tilga olingan. Shu sababli, tarixchilar tomonidan „Laxmiy“ atamasi Nasriylar va ularning qoʻl ostidagi al-hirahlik aholiga nisbatan qoʻllangan. Biroq, tarixchi Greg Fisher taʼkidlaganidek, „al-Hirahda yoki uning atrofida yashagan odamlar kimlar boʻlganiga oid juda kam maʼlumot mavjud va uchinchi asrda Nasriy rahbarlari bilan Laxm oʻrtasida mavjud boʻlgan aloqaning olti asrda ham davom etganiga, yoki Nasriylarning yagona Laxmiy podshohligini boshqarishgani haqida hech qanday asos yoʻq“[1]. Bu vaziyat yana ham murakkablashadi, chunki tarixiy manbalar – asosan Vizantiya manbalari – V asr oxirlaridan boshlab Laxmiylar haqida batafsil maʼlumot bera boshlagan, shuningdek, al-Hirada arxeologik tadqiqotlar nisbatan kam olib borilgan[5].

Tarixi

tahrir
 
Laxmiylar poytaxti al-Hira shahridagi bino xarobalari
 
15-asrga oid forscha qoʻlyozma. Al-Hirada al-Xornaq qalʼasi qurilishi aks ettirilgan.

Laxmiylar qirolligi ikkinchi asrda Yamandan koʻchib kelgan Banu Laxm qabilasi tomonidan tashkil etilgan hamda boshqarilgan[manba kerak]. Sulolaning asoschisi Amr boʻlib, uning oʻgʻli Imru al-Qays I (VI asrda yashagan shoir Imru al-Qays bilan adashmaslik kerak) oʻz dinini nasroniylikka oʻtkazgan deb daʼvo qilinadi[manba kerak].

Biroq, uning diniy eʼtiqodi haqida bahs-munozaralar mavjud. Theodor Nöldeke Imruʼ al-Qays ibn Amrni nasroniy emasligini taʼkidlagan[6]. Irfan Shahîd esa ibn Amrni nasroniy boʻlgan boʻlishi mumkinligini qayd qilgan[7]. Bundan tashqari, Shahid Imru’ al Qays ibn Amrning dafn yozuvida nasroniy ramzlari yoʻqligini taʼkidlab oʻtgan[8].

Imru al-Qays yagona va mustaqil arab podshohligini orzu qilgan. Shu orzusi ortidan u Arabiston yarim orolida koʻplab shaharlarni zabt etgan. Katta armiya tuzdi, dengiz kuchlarini rivojlantirdi. Keyinroq Eronning qirgʻoqboʻyi shaharlariga hujum qildi. Oʻsha paytda Eronda merosxoʻrlik masalasi boʻyicha fuqarolar urushi ketayotgandi. Hatto Sosoniylar podshohlarining tugʻilgan joyi boʻlmish Fors viloyatiga ham bostirib kirdi.

Imru al-Qays dastlab Bahraynga, so‘ngra Suriyaga qochdi. U yerda Constantius II dan vaʼda qilingan yordamni kutdi. Ammo bu yordam amalga oshmadi. Shu sababli, Imru al-Qays umrining oxirigacha Suriyada qolib ketdi. Vafot etgach, jasadi Suriya choʻlidagi al-Nimara maqbarasiga dafn etildi.

Imru al-Qaysning dafn yozuvi nihoyatda murakkab yozuv turi bilan yozilgan. So‘nggi paytlarda yozuvga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. Uning aniq oqibatlari bo‘yicha bahs-munozaralar paydo bo‘ldi. Endilikda shu aniqki, Imru al-Qays „barcha arablar qiroli“ unvonini da’vo qilgani, shuningdek, yozuvda yarim orolning butun shimoli va markazi bo‘ylab, Najron chegarasigacha muvaffaqiyatli yurish qilganini da’vo qilgan[manba kerak].

Vafotidan ikki yil oʻtib, 330-yilda qoʻzgʻolon yuz berdi, natijada Aws ibn Qallam oʻldirildi va uning oʻrnini Imru al-Qaysning oʻgʻli Amr egalladi. Shundan so'ng, Laxmiylarning asosiy raqiblari Gʻassoniylar boʻlib, ular Sosoniylarining asosiy dushmani boʻlmish Rim imperiyasining vasallari edi[manba kerak].

Laxmiylar VI asr davomida ham o‘z ta’sirini saqlab qoldi. Shunga qaramay, 602-yilda so‘nggi Laxmid shohi al-No‘mon III ibn al-Mundir xoinlikda yolg‘on gumon qilinib, sosoniylar imperatori Xusrav II tomonidan qatl etildi va Laxmiylar qirolligi qo‘shib olindi[manba kerak].

Xusravning 628-yilda qulashidan keyin Forsda tobora ortib borayotgan beqarorlik bilan birga, bu voqealar 636-yilda Qodisiyadagi hal qiluvchi jang va Forsning musulmonlar tomonidan zabt etilishining boshlanishidan darak berdi[9][10]. Baʼzilar Laxmiylar davlati qoʻshilishini Sosoniylar imperiyasining qulashida va Forsning musulmonlar tomonidan zabt etilishida asosiy omillardan biri deb hisoblashgan. Chunki Sosoniylar Xolid ibn Valid tomonidan Hira jangida magʻlub boʻlgan[11][oydinlashtirilsin]. Keyin esa shahar tark etildi[manba kerak].

Arab tarixchisi Abu Ubaidahga (d. 824) koʻra, Xusrav II podshoh al-Noʻman III ibn al-Mundhirdan uning qizini turmushga berishdan bosh tortganligi sababli gʻazablangan. Va uni qamoqqa solgan. Shundan soʻng, Xusrav Noʻmon oilasining qurol-yarogʻini qaytarib olish uchun qoʻshin yuborgan, ammo Hani ibn Masʼud bunga qarshi koʻrsatgan. 609-yilda Dhi Qar jangida, Laxmiylarning poytaxti al-Hira yaqinida Sosoniyilar imperiyasining arab qoʻshinlari magʻlub boʻlgan[12][13]. Hira hozirgi Iroqning Kufa shahridan janubda joylashgan edi.

Laxmiylar sulolasi va avlodlari

tahrir

Hukmdorlari

tahrir
# Hukmdor Hukmronlik qilgan yillari
1 Amr I ibn Adi 268–295
2 Imru al-Qays ibn Amr 295–328
3 Amr II ibn Imru al-Qays 328–363
4 Avs ibn Qallam (sulolaviy boʻlmagan) 363–368
5 Imru al-Qays II ibn Amr 368–390
6 al-Noʻman I ibn Imru al-Qays 390–418
7 al-Mundhir I ibn al-Noʻman 418–462
8 al-Asvad ibn al-Mundhir 462–490
9 al-Mundhir II ibn al-Mundhir 490–497
10 al-Noʻman II ibn al-Aswad 497–503
11 Abu Ya'fur ibn Alqama (sulolaviy boʻlmagan, aniq emas) 503–505
12 al-Mundhir III ibn al-Noʻman 503/5–554
13 Amr III ibn al-Mundhir 554–569
14 Qabus ibn al-Mundhir 569–573
15 Suhrab (Fors gubernatori) 573–574
16 al-Mundhir IV ibn al-Mundhir 574–580
17 al-Noʻman III ibn al-Mundhir 580–602
18 Iyas ibn Qabisah al-Tai (sulolaviy emnas)

bilan Naxiragan (Fors gubernatori)

602–617/618
19 Azadbeh (Fors gubernatori) 617/618–633

Abbosiylar sulolasi

tahrir

11-asrda Al-Andalusdagi Sevilya Taifasiga hukmronlik qilgan Abbosiylar sulolasi Laxmidiylar avlodidan edi.

Adabiyotda

tahrir

Shoirlar al-Hirani yer yuzidagi jannat deb taʼriflaganlar. Bir arab shoiri shaharning yoqimli iqlimi va goʻzalligini shunday taʼriflagan: „Al-Hirada oʻtgan bir kun bir yillik davolanishdan afzaldir“. Al-Hira xarobalari Kufadan 3 km (1,9 milya) janubda, Furotning gʻarbiy sohilida joylashgan.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Fisher 2011, s. 258.
  2. 2,0 2,1 Sauer 2017, s. 275.
  3. Power, Edmond (1913). "The Prehistory of Islam". Studies: An Irish Quarterly Review (Messenger Publications) 2 (7): 204–221. https://www.jstor.org/stable/30082945. Qaraldi: 10 May 2021. "The Persians were soon to discover their fatal mistake in not continuing to govern Arabs by Arabs when they sustained a crushing defeat from the nomad army of the Bakr tribes at the battle of Dhu Qar about 610 AD This victory roused the self-consciousness of the Arabs." Laxmiylar qirolligi]]
  4. Ahmad, Nawawi (1976). Arab Unity and Disunity (PDF) (Master's thesis). University of Glasgow. 2-bet. 2020-06-02da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 10 May 2021. „Despite the small number of troops involved, the decisive victory of the Arabs is seen as the beginning of a new era, since it gave the Arab tribes a new confidence and enthusiasm.“
  5. Fisher 2011, ss. 258–259.
  6. Nöldeke, Theodor. Geschichte der Perser und Araber zur Zeit der Sasaniden. — 47-bet. 
  7. Nöldeke, Theodor. Geschichte der Perser und Araber zur Zeit der Sasaniden. — 47-bet. 
  8. Byzantium and the Arabs in the Fourth Century, Irfan Shahîd. p. 32. Although Imru' al-Qays was considered christian [...] there is not a single christian formula or symbol in the (Namarah) inscription.. 
  9. Shahîd 1995, s. 120.
  10. Bosworth 1983, ss. 3–4.
  11. Iraq After the Muslim Conquest By Michael G. Morony, pg. 233
  12. Abu Ja‘far Muhammad ibn Jarir Al-Tabari, Tarikh al-Rusul wa al-Muluk, Vol. 1. (Beirut: Dar Sader, 2003 ed.), pp. 286-293.
  13. Ali ibn Al-Athir, Al-Kamil fi al-Tarikh (Beirut: Maktaba al-Asriyya, 2009 ed.), pp. 339-334.