Lazer asboblar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lazer asboblar — 1) lazer nuridan foydalanib turli materiallarni payvandlash, kesish, chiniqtirish va parmalash, gaz quvurlarini qirqish uchun moʻljallangan asbob va jihozlar. Ular bilan ishlov berilganda materialda mexanik zoʻriqish paydo boʻlmaydi, payvandlangan choklar, ochilgan teshiklar juda aniq (0,003–1 mm) chiqadi. Lazer asboblar lazer nurini zarur joyga muayyan yoʻnalishda yoʻnaltirib beradigan optik tizimdan iborat. Ular bilan istalgan qattiqlikdagi materiallarga, hatto olmos, rubin va boshqalarga ishlov berish mumkin. Lazer nuri zichligini oshirish va ishlov berilayotgan joyni cheklab turish uchun Lazer asboblarda turli optik tizilmalardan foydalaniladi. Lazer asboblardan foydalanilganda ish unumdorligi ham juda yuqori boʻladi. Masalan, teshiklarni parmalaydigan lazer jihozlar bilan har minutda 60—240 ta teshikni parmalash mumkin. U lazer kallak, optik tizim, boshqarish tizimi, tok bilan taʼminlash manbai, sovitish tizimlardan iborat; 2) biologiya va tibbiyotda qoʻllaniladigan asboblar. Lazer nuridan foydalanib jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazish (mas, koʻz toʻr pardasini operatsiya qilish), terapiya usulida davolash, fizioterapiyada boʻgʻinlarni davolash mumkin; 3) qudratli lazer nuridan foydalanib dushman kuchlari va texnikasiga talofat yetkazadigan lazer qurollar. Lazer asboblardan kosmonavtikada ham foydalanish mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |