Lazerolokatsiya - Yer sunʼiy yoʻldoshlarigacha boʻlgan masofalarni aniqlash usuli. L. prinsipi kvant generatori (lazer)dan chiqqan ingichka va qisqa yorugʻlik impulsining yoʻldoshga borib yetishi va qaytib kelishi uchun ketgan vaqtni oʻlchashga asoslangan. Yorugʻlikning tarqalish tezligi aniq boʻlgani uchun L. yoʻli bilan aniqlangan vaqt orqali masofani katta aniqlikda oʻlchash mumkin. L. paytida vaqtni oʻlchash uchun kvars soatlari ishlatiladi. Lazerli masofa oʻlchagichlarda vaqt intervallari hisoblagichi oʻrnatilgan boʻladi. Impuls lazer asbobidan chiqish paytida hisoblagich yoqiladi va impuls unga qaytib tushishi paytida esa oʻchiriladi. Bu prinsipda ishlovchi hisoblagichlarda aniqlik 1 nonosekundgacha boradi. Bu esa sunʼiy yoʻldoshgacha boʻlgan masofani 10—15 sm aniqlikda oʻlchashga imkon beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil