Amélie
Amélie (fransuzcha: Le Fabuleux Destin d'Amélie Poulain; Ameli Pulanning Ajoyib Taqdiri) 2001-yilda katta ekranlarga chiqqan, Fransiya va Germaniya davlatlari tomonidan suratga olingan romantik va komedik janrdagi badiiy filmdir. Rejissor Jean-Pierre Jeunet, bosh rolda Audrey Tautou. Guillaume Laurant va Jeunet ssenariylari asosida olingan bu film Parijning Monmartr tumanidagi hayotni tasvirlaydi.
Amélie (Le Fabuleux Destin d'Amélie Poulain) | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Jean-Pierre Jeunet |
Prodyuser(lar) |
Jean-Marc Deschamps Claudie Ossard |
Ssenariynavis(lar) |
Guillaume Laurant Jean-Pierre Jeunet (ssenariy) Guillaume Laurant (dialoglar) |
Rollarda |
Audrey Tautou Mathieu Kassovitz Rufus Claire Maurier Isabelle Nanty Dominique Pinon Serge Merlin Jamel Debbouze Arthus de Pengerne Maurice Bénichou |
Sharhlovchi(lar) | André Dussollier |
Bastakor(lar) | Yann Tiersen |
Kinematografiya | Bruno Delbonnel |
Muharrir(lar) | Hervé Schneid |
Distribyutor |
UGC (Fransiya) Miramax (AQSh)[1] |
Chiqarilgan sanasi |
25-aprel, 2001, 5-oktabr, 2001, 16-noyabr, 2001 21-dekabr, 2001 |
Davomiyligi | 122 daqiqa |
Mamlakatlar |
Fransiya Olmoniya |
Til | fransuzcha |
Byudjeti | $10 million[2] |
Syujeti
tahrirFilm Amélie Poulain ismli qiz hayotini tasvirlaydi. Uning otasi, sobiq harbiy shifokor, kamgap Raphaël, Amélieʼga tugʻma yurak xastaligi, deya xato tashxis qoʻyadi (sababi, qiz otasi bilan faqat tibbiy tekshiruvlardagina aloqada boʻlib, bundayin kamdan-kam boʻladigan hodisadan kuchli hayajonlanardi va yurak urishi tezlashardi) va qizni boshqa bolalardan ajratib oʻstirishga qaror qiladi. Onasi Amandine, asabi oʻynoq oʻqituvchi, Amélieʼga taʼlim beradi. Amélie yoshligida uning onasi Notre Dame de Paris binosi ustidan oʻzini tashlagan kanadalik xudkush ostida qolib, halok boʻladi. Raphaël bu voqeadan soʻng yanada kamgaproq boʻlib qoladi va hayotini xotini Amandine hoki joylashadigan sagʻana qurishga bagʻishlaydi. Bu vaziyatda oʻzi bilan ovora boʻlib qolgan Amélieʼda kuchli tasavvur taraqqiy etadi.
Balogʻatga yetgan Amélie ota uyini tashlab, Monmartreʼga koʻchib ketadi va u yerdagi sobiq sirkchiga tegishli "Ikki Tegirmon" qahvaxonasida ishlay boshlaydi. 22 yoshga toʻlgan Amélie hayoti odatiydir; bir necha muvaffaqiyatsizliklardan soʻng u ishqiy munosabatlar qidirmaydigan, oʻrniga mayda xursandchiliklar (qoʻlini mosh toʻla qopga solish, qoshiq yordamida karamel sindirish, suv ustidan tosh sakratish, Parijda bir vaqtning oʻzida orgazm kechirayotgan odamlar miqdorini topish kabi) olishga intiladigan boʻlib qolgan.
Biroq uning hayoti Malika Diana halok boʻlgan kundan boshlab oʻzgarib ketadi. Televizordan Diananing oʻlimi haqida eshitgan Amélie qoʻlidan atir idishi qopqogʻini tushirib yuboradi, qopqoq dumalab borib vannaxonadagi kafelga uriladi va uni ochib yuboradi. Kafel ortidan Amélie eski metal quti topadi (u bu qutini shu xonadonda oʻnlab yillar avval yashagan bolakay berkitib ketgan, deb taxmin qiladi). U qutini hozirda keksayib qolgan egasiga olib borishni rejalashtiradi, bunda oʻziga shart ham qoʻyadi: agarda u oʻsha kishini topib, qutini bersa va bu uni xursand qilsa, Amelie oʻz hayotini boshqalarga baxt ulashishga bagʻishlaydi.
U qoʻshnisi Raymond Dufayel, nuqul bir surat (Qayiqchilar Bayramidagi Tushlik, Pierre-avguste Renoir) reproduksiyasini chizish bilan mashgʻul odamovi rassomni uchratadi. U suyaklari moʻrtligi uchun "Shisha Odam" laqabini olgan. Uning yordamida Amelie qutining egasini topib, qutini unga bilvosita yetkazadi. Qartayib qolgan quti egasining bu hadyadan bolalik xotiralari uygʻonadi, u hissiyotlarga beriladi, yigʻlaydi. Amelie kishini yashirin kuzatib, uning his-tuygʻulari ijobiy ekanligiga amin boʻlgach boshqalarga ham shunday yaxshilik qilishga ahd qiladi.
Amélie yashirin amaliyotlar orqali yon-atrofidagi odamlarga yordam berishga harakat qiladi. U soʻqir qariyani metrogacha kuzatib qoʻyar ekan, yoʻl-yoʻlakay atrofdagilar haqida qiziqarli izohlar aytib berib, qariyaning koʻnglini koʻtaradi. Otasining gnom qoʻgʻirchogʻini oʻgirlab va stuardessa dugonasiga berib, dunyoning turli nuqtalaridan gnom tushgan suratlarni otasiga yubortirib, uni eski orzusi - sayohatchilik qilishga koʻndiradi. Amelie hamkasb bir ayol va mijoz orasida ishqiy munosabat alangalantiradi. U qoʻshni ayolni uni tashlab ketgan eri oʻlimidan avval unga soʻnggi sevgi xati yozganiga ishontiradi. U sabzavot rastasi mudiri, qoʻpol Collignon qoʻli ostidan ishlaydigan Lucienʼni quvvatlaydi; Collignon ustidan hazillar qilib, uni oʻzining ruhiy sogʻligʻidan shubhalanishi darajasigacha olib boradi.
Biroq Amelie boshqalar haqida qaygʻurar ekan, Dufayel u haqida qaygʻuradi; u Amelie oʻzi haqida unutgan, deb oʻyladi. U Amelie bilan mudom shu mavzuda bahslashadi. Bu orada Amelie fotobudkalardan tashlab yuborilgan suratlarni yigʻuvchi gʻalati yigit bilan uzoqdan tanishib qolib, u bilan qiziqib qoladi. U yigitni kuzatib, u haqida axborot yigʻadi, ismi Nino Quincampoix ekanligini bilib oladi. Biroq Amelie Ninoʻga yaqin borish uchun haddan tashqari uyatchandir. Uning doʻsti Raymond Dufayel yordami bilan Amelie Nino bilan baxtli munosabat boshlaydi.
Rollarda
tahrirAktyor (aktrisa) | Rol |
---|---|
Audrey Tautou | Amélie Poulain |
Mathieu Kassovitz | Nino Quincampoix |
Rufus | Raphaël Poulain |
Lorella Cravotta | Amandine Poulain |
Serge Merlin | Raymond Dufayel |
Jamel Debbouze | Lucien |
Clotilde Mollet | Gina |
Claire Maurier | Suzanne |
Isabelle Nanty | Georgette |
Dominique Pinon | Joseph |
Artus de Penguern | Hipolito |
Yolande Moreau | Madeleine Wallace |
Urbain Cancelier | Collignon |
Maurice Bénichou | Dominique Bretodeau |
Michel Robin | Janob Collignon |
Andrée Damant | Xonim Collignon |
Claude Perron | Eva, Ninoning hamkasbi |
Armelle | Philomène, stuardessa |
Ticky Holgado | Suratdagi kishi |
Kevin Fernandes | Bretodeau, bolaligida |
Flora Guiet | Amélie, 6 yoshligida |
Amaury Babault | Nino, bolaligida |
André Dussollier | Sharhlovchi |
Manbalar
tahrir