Legirlangan poʻlat
Legirlangan poʻlat - tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, nikel, molibden, volfram, vanadiy, marganets, kremniy, titan, bor) sunʼiy ravishda qoʻshilgan poʻlat. Legirlangan po'lat. Tarkibidagi legirlovchi elementlarga qarab nomlanadi. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada kiritilgan), kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (3,5 —10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, Legirlangan poʻlat konstruksion (qarang Konstruksiyey materiallar), asbobsozlik (qarang Asbobsozlik poʻlati) va alohida kimyoviy fizik xossaga ega boʻlgan poʻlatlarga (mas, issiqbardosh poʻlat, olovbardosh poʻlat, magnitli poʻlat va boshqalar) boʻlinadi. Legirlangan poʻlatdan mashina, mexanizm va qurilmalarning detallari, asboblar va boshqa tayyorlanadi (yana qarang Legirlash)[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |