Feod
(Lendan yoʻnaltirildi)
Feod (soʻnggi lotincha feodum) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada senor tomonidan oʻzining vassaliga merosiy mulk sifatida inʼom etilgan yerlar (yoki qayd etilgan daromad). Buning evaziga vassallar harbiy, saroy (senorial sudlarda ishtirok etish, senoriyani boshqarish va boshqalar) xizmatlarini oʻtashlari, udumga binoan, tegishli badal pulini toʻlashlari lozim boʻlgan.
Len (nem. Lehn) — oʻrta asrlarda Germaniyada qirol yoki yirik zamindorlar tomonidan inʼom etilgan yer (Oʻrta Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida iqtoning sinonimi). Tarixiy manbalarda boshqa mamlakatlarda zamindorlarga qarashli mulkning shunday shakliga nisbatan ham "Len" atamasi ishlatiladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |