Vladimir Il’ich Lenin haykali — Tver viloyati Rjev shahri markaziy maydoniga oʻrnatilgan yodgorlik. Sovetskaya maydonining asosiy tarkibiy qismi boʻlgan.

Dunyodagi birinchi sotsialistik davlat asoschisi, jahon proletariatining yetakchisi — V. I. Lenin xotirasiga atab oʻrnatilgan.

Tavsifi

tahrir

Rjev shahrining soʻl qirgʻogʻboʻyi hududida, Sovetskaya maydonining markazida joylashgan.

V. I. Leninning chap qoʻlida kepka ushlab turgan holda baland tagkursiga oʻrnatilgan haykalidan iborat.

Haykaldan quyida tantanali yigʻilishlar va tadbirlar uchun minbar ham oʻrnatilgan.

Yodgorlik oldida keng maydon obodonlashtirilgan. U yerda sovet davrida ham, hozirgi vaqtda ham mitinglar, namoyishlar, turli marosimlar oʻtkaziladi.

Tarixi

tahrir

Lenin haykali 1938-yilda Ishchilar va Dehqonlar Qizil Armiyasi (RKKA) tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan ushbu maydonga oʻrnatilgan.

Yodgorlik haykaltaroshi V. Kritiuk, meʼmor A. Ivanitskiy.

Haykal gipsdan qilingan va dastlab dohiyning oʻng qoʻli oldinga choʻzilgan shaklda yasalgan.

1941- yilda nemislar shaharni ishgʻol qilishi paytida yodgorlik vayron qilingan. Nemislar bosqiniga norozilik bildirgan sovet fuqarolarini maydonda, haykal oldida namoyishkorona qatl qilish uchun dor oʻrnatishgan.

Ulugʻ Vatan urushidan keyin 1952-yilda V. I. Lenin haykali boshqa koʻrinishda tiklandi. Bu safar uning oʻng qoʻli yuqoriga koʻtarilmadi.

Uzoq vaqt davomida yodgorlik yonidagi maydonda mehnatkashlarning 1-may va noyabr oyidagi namoyishlari, pioner va komsomollarning turli xil bayramlari, Ulugʻ Vatan urushi faxriylarining uchrashuvlari oʻtkazilib turildi. Endilikda, Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi aʼzolari tez-tez yigʻilishadi va shahar kunlarida milliy bayramlar oʻtkaziladi.

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir