Fibonacci
italyan matematigi (tah. 1170-1245
(Leonardo pizanodan yoʻnaltirildi)
Fibonacci (talaffuzi: Fibonachchi; Leonardo Pisano oʻlaroq ham maʼlum) (tax. 1170 — tax. 1240–50[1]) — italyan matematigi. Sharqqa sayohat qilib, arab matematikasi yutuqlari bilan tanishib, ularning Gʻarbda tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. U arifmetika (hind raqamlari, Fibonacci sonlari) va algebra (kvadrat tenglamalar ham kiritilgan) haqida risola (1202) va „Amaliy geometriya“ nomli asar (1220) yozgan. Fibonaccining bu asari algebraning geometriyaga tatbiqi haqida maʼlumot beruvchi birinchi asardir[2].
Manbalar
tahrir- ↑ MacTutor, R. „Leonardo Pisano Fibonacci“. www-history.mcs.st-and.ac.uk. Qaraldi: 2018-yil 22-dekabr.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |