Leonid Andreyev
Leonid Vladimirovich Andreyev (1983.6.10, Toshkent) — yengil atle-tikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), „Oʻzbekiston iftixori“ (2002). Oʻspirinlar oʻrtasida Oʻzbekiston (2002), langarchoʻp bilan sakrash boʻyicha Osiyo (2002, Bangkok), oʻn kurash boʻyicha jahon (2002, Kingston) chempioni. Erkaklar oʻrtasida langarchoʻp bilan sak-rash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi (2003). A. Toshkentdagi respublika olimpiya zaxiralari kollejini tugatgan (2002), Toshkent agrar universitetida oʻqiydi (2005).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |