Ruggero Leoncavallo
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Ruggero Leoncavallo (talaffuzi: Rujjero Leonkavallo; 1857.25.4, Neapol — 1919.9.8, Florensiya yonidagi Montekatini) - italyan kompozitori, musiqiy verizm asoschilaridan. Neapol konservatoriyasi, Bolonya universitetida taʼlim olgan. Bolonya universiteti doktori (1878). Hayotni haqqoniy ifodalashga yoʻnaltirilgan verizm uslubida 20 dan ziyod opera yaratgan: "Bogema" (1897, "Lotin kvartali hayoti" nomida ham qoʻyilgan), "Zaza" (1900), "Loʻlilar" (1912) va boshqa "Masharabozlar" ("Payaslar", 1892) operasi oddiy odamlar kechinmalarining yorqin ifodalanishi, keskin dramatik rivoji, musiqiy vositalar hamda kuylarning taʼsirchanligi bilan qimmatli boʻlib, musiqa verizmining ibratli namunasiga aylangan. "Malbruk", "Atirgul qirolichasi" kabi operettalar, "Qoʻgʻirchoq hayoti" baleti, simfonik va kamer asarlar ham yaratgan. "Masharabozlar" operasi Navoiy teatrining repertuaridan doimiy oʻrin olgan.[1]
Ruggero Leoncavallo | |
---|---|
Tavalludi | 23-aprel 1857 |
Vafoti | 9-avgust 1919 |
Fuqaroligi | Italiya qirolligi |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |