Lev Nikolayevich Lapin (1895.7.10, Rude shahri Varshava gubernyasi — 1985.8.5, Samarqand) — biokimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1954). Professor (1946), biologiya fanlari doktori (1948). Tomsk universitetini tugatgan (1922). Samarqand tibbiyot instituti professor (1931—61), Samarqand universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi professor (1962-yildan). Ilmiy ishlari mikroanaliz usullariga bagishlangan. Osh tuzidagi kaliy yodid miqdorini, shuningdek, pestitsidlardagi simobni aniklash usullarini topgan (1969).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil